A+ A A-

Tadbirni AKM direktor o’rinbosari R.R. Amirov ochib berdi. So’z navbati Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi 1 toifali kutubxonachisi Umidga berildi. U ma’ruzasida “Xarakatlar strategiyasi”ning beshta tamoyili haqida qisqacha gapirib o’tdi. U birinchi tamoil “Davlat va jamiyatqurilishini takomillashtirish” haqida gapirar ekan davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yo’naltirilgan demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni moderpizasiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish , davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish,davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat ” tizimini takominlashtirish , davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish , jamotchilik nazorati mexanizmlarini amalga tadbiq etish,fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish ekanligini aytib o’tdi. To’rta tamoil haqida talabalar gapirib o’tdilar.

2.”Qonun ustivorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish”,

3. “Iqtisodni yanada givojlantirish va liberallashtirish”,

4. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”,

5. “Xavfsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni taminlash, chuqur o’ylangan o’zaro manfatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish ” to’g’risida gapirib o’tishdi. 

“Sizni sharaflaydi zaminu zamon” deb nomlangan sherxonlik kechasi

Nashr qilingan Yangiliklar

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limida Erkin Vohidovning 80 yiligiga bag’ishlab tayyorlangan “Sizni sharaflaydi zaminu zamon ” deb nomlangan she’rxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Kechani Axborot-kutubxona direktori Sh.B. Axmedova kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng so’z AKM foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xodimlariga berildi. Xodimlar Erkin Voxidovning markaz fondida mavjud adabiyotlari bilan tanishtirib o’tdilar . Navbat Samarqand Davlat Universiteti tarix fakulteti 101 guruh talabalari va SAMI davolash fakulteti talabalariga berildi. Talabalardan so’z navbati Tarix fakulteti talabasi Namozov Mamarajab berilganda u shoir haqida juda chiroyli so’zlarni gapirib o’tdi. Zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo’lgan Erkin Vohidov ijodida go’zal qasida , muxammas kabi janrlar shakillanib borganligini , shoir mumtoz adabiyotlarning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammalashtirishga intilganligini , Erkin Vohidov badiiy mahorati o’sib, kamol topganligini ,chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko’tarilgan ijodkor ekanligini gapirib o’tdi. SAMI davolash fakulteti talabasi Mamadiyorova Mashhura shoirning “Ruhlar isyoni ” dostonini aytib berganida qatnashchilar olqishiga sazavor bo’ldi. Boshqa talabalar shoirning she’rlaridan parchalar o’qib berishdi. Tadbir so’ngida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri N.Mirzayeva so’zga chiqib Erkin Vohidov ijodiga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi ham tashkil qilinganligi va bu kitoblardan kitobxonlar olib o’qishini aytib kechada qatnashgan qatnashchilarga o’z minatdorchiligini bildirdi. 

Bolalar kitobi festivali

Nashr qilingan Yangiliklar

2017 yil 15 oktyabrda Samarqand viloyat axborot - resurs markazida Respublika bolalar kitobi festivali bo’lib o’tdi. Uni axborot- resurs markazi direktori kirish so’zi bilan ochiq deb e’lon qildi. Viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyat teleradiokompaniya boshligi Yo.Rustamov so’zga chiqish tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilarini bu festival bilan tabrikladi.

Tadbirda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutuxona markazi ham faol ishtirok etib, o’zining yangi sara adabiyotlarini namoyish etdi. Ko’rgazmaga nemis, ingliz, rus va lotin alifbosidagi boallar adabiyotlari, elektron shakldagi adabiyotlar qo’yildi.

Ko’rgazmaga 600 dan ortiq kitobxonlar tashrif buyurib barcha adabiyotlar bilan tanishishdi. Samarqand shahridagi 8, 9, 46, 47, 35, 37 o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari AKM adabiyotlari bilan tanishib ushbu kutubxona a’zosi bo’lishga qiziqishdi.

Ko’rgazmaga qo’yilgan adabiyotlar 60 tani, CD va DVD disklar 30 tani tashkil etdi.

Ko’rgazmani tashkil etishdan maqsadimiz yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb qilish, ularni kitob bilan do’stlashishga undash va bilim saviyalarini va kitob bilan muomalalarini oshirishga ko’maklashishdir.

Страница 1 из 3

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi