A+ A A-

“AKM eng faol yosh mutaxassisi” – 1 o’rin sohibi

Nashr qilingan Yangiliklar

Avval xabar qilinganidek, Farg’ona viloyatida Respublika axborot – kutubxona markazining kasbiy mahorat respublika ko’rik tanlovi o’tkaziladi. Respublikadagi axborot-kutubxona markazlarining jamoalari to’rt  nominasiya, ya’ni “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi”, “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi”, “Axborot-kutubxona faoliyatining eng faol yosh mutaxassisi”, “Axborot – kutubxona faoliyati va kitobxonlik madaniyati” mavzusidagi eng yaxshi maqola” nominasiyalari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar. Jiddiy tayyorgarlik va istiqbolli innovasion loyihalar bilan tanlovda ishtirok etgan Samarqand viloyat AKM jamoasining faoliyati munosib baholandi. “Mobil kutubxona: shu dam, shu yerda o’qing” innovasion loyihasi hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, 5 ballik baholash tizimida bir ovozdan 5 ball bilan baholandi. Quvonarlisi AKMning yosh mutaxassislaridan biri kutubxonachi Xudoyqulov Shoxruhrespublikadagi 14 ta AKM orasidan bir ovozdan “Axborot-kutubxona faoliyatining eng faol yosh mutaxassisi” nominasiyasining mutloqg’olibi, 1-o’rin sohibi bo’ldi.

Hamkasbimizni qo’lga kiritgan yutug’i bilan samimiy qutlab, kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Loyiha «Mobil kutubxona: shu dam va shu joyda o’qing»

Nashr qilingan Loyihalarimiz

Virtual javondagi 200 kitobni smartfon orqali ega bo’lish mumkin.

«Mobil kutubxona»ning virtual javonidan kitob muqovasining surati va QR-kodi mavjud. Avtobus va tramvayning yo’lovchilari smartfon orqali kodni skanerlaydilar va telefon xotirasiga elektron kitobni bepul yuklab olib yo’l davomida o’qishlari mumkin.

Bugungi kunda “Mobil kutubxona” javonidan 200 kitob joy olgan bo’lib, unda o’zbek va rus klassik ijod namunalari bilan bir qatorda Napoleon Xill, Adam Djekson, Deyl Karnegi, Jyul Vern, Djoan Rouling, Sharlotta Bronte kabi mashhur ijodkorlarning durdona asarlari kiritilgan.

Yo’lovchilar shuningdek ingliz tilidagi kitoblar va audiokitoblarning yuklab olishlari mumkin. 

Bolalar uchun tadbir

Nashr qilingan Yangiliklar

Abonement sektori va 34 maktabgacha ta’lim muassasasi hamkorligida bolalarning yozgi dam olish vaqtini maroqli o’tkazish maqsadida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat ahborot-kutubxona markazi zalida “Yoz o’tmoqda soz!” shiori ostida 2017 yil 1 iyuldan 1 avgustgacha bolalar uchun multfilmlar va kinofilmlar namoyishi tashkillashtirilgan. Bu tadbirda bolalar uchun adabiyotlar ko’rgazmalari, rasm chizish konkurslarini o’tkazish ham rejalashtirilgan.

Страница 1 из 2

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi