A+ A A-

“Yangi yil bayramiga oid ochiq xatlarning mo’jizaviy olamiga sayohat”

Nashr qilingan E'lonlar

A.S. Pugkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi “Esperanto” xalqlar do’stligi to’garagi hamda Amir Temur nomidagi madaniy markazi bilan hamkorlikda 2017 yilning 19 dekabridan 2018 yilning 12 yanvariga qadar “Yangi yil bayramiga oid ochiq xatlarning mo’jizaviy olamiga sayohat” ko’rgazmasini tashkil etdi.

Ko’rgazmada yillar davomida dunyoning turli burchaklaridan Yangi yil bayramiga oid ochiq xatlar havola etilgan.

Bolalar va kattalarning eng sevimli bayrami bo’lgan Yangi yil shodiyonasiga bag’ishlangan madaniy tadbir Samarqannning “Esperanto” xalqaro klubi tashkil etilganliginin 40 yilligiga bag’ishlangan.

Qiziqanlar va barcha aholini yakshanba – dam olish kunidan tashqari, har kuni soat 900dan 1700ga qadar A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida kuntib qolamiz.

Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyobonpi, 21-uy . binoning 3-qavati.

Telefon: +99866 239-83-60, 239-81-63, 239-84-77

2017 yil 14 dekabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi o’rtasida Memorandum imzolash marosimi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasidagi Gruziya elchixonasi vakillari ishtirokida o’tgan marosimda Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi, O’zbekiston Milliy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, Samarqand davlat universiteti hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi o’rtasida memorandumlar imzolandi.

Tadbir avvalida mamlakatlarning Davlat madhiyalari yangradi.

Marosimni ochiq deb e’lon qilar ekan, O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov mehmonlarni qutladi, mazkur memorandumning ahamiyatini ta’kidladi va hamkorlikning bardavom bo’lishiga umid bildirdi. «O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi o’rtasidagi 2017-2022 yillarga mo’ljallangan Bitim loyihasi o’zaro davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va do’stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Memorandum madaniy merosimizni saqlash va restavrasiya qilishga bag’ishlangan turli xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga, hamkorlikda seminar-trening, mahorat darslari, ma’ruzalar, taqdimotlar, ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etish hamda ko’rgazmalar o’tkazishga imkoniyat yaratadi», - dedi A.Abduazizov.

Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi direktori Zaal Abashidze tomonlarni  nodir nashrlarni o’rganishga qaratilgan ilmiy alaqalarning mustahkamlanishiga turtki bo’lgan bugungi tarixiy voqyea bilan qutladi. «Bu mustahkam aloqalar va sermahsul mehnatga yetaklovchi muhim voqyeadir. Bizning hamkorligimiz natijasida ilmiy va amaliy aloqalar vujudga kelishiga umid qilaman», - dedi Z.Abashidze.

Gruziyaning O’zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Jgenti marosim tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi va qo’lyozmalar, kutubxona ishi va bibliografiya sohasida ikki tomonlama aloqalarga ravnaq tiladi.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov,  Samarqand davlat universiteti axborot-resurs markazi  direktori Madina Nasrullayeva, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Shahodat Ahmedovalar so’zga chiqdilar. «Mazkur memorandumlarning  imzolanishi nafaqat nodir nashrlarni saqlash va o’rganish sohasida, balki xalqaro kitob almashinuvida ham katta istiqbollar ochadi», -dedi Sh.Ahmedova.

Musiqiy chiqishlardan so’ng memorandumlar imzolandi.

Tadbir so’ngida esdalik sovg’alari topshirildi.

Joriy yil 13 dekabr kuni Best Soft Challenge 2017 respublika dasturiy mahsulotlar ko’rik-tanlovining yakunlari e’lon qilindi. A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining “Mobil kutubxona: shu dam va shu yerda o’qing” loyihasi “IT-loyiha Aqqli shahar” nominasiyasi bo’yicha faxrli 2-o’rin sohibi bo’ldi.

“Best Soft Challenge 2017” tanlovi UZINFOCOM markazi, VeRgo dasturchilar markazi, Muhammad Al - Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti, Toshkentdagi Inxa Universiteti tashabbusi bilan O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligi rahbarligi ostida tashkil etildi. Ko’rikda ishtirok etish uchun jami 300dan ortiq loyihalar ro’yxatga olingan edi. 

Страница 1 из 2

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi