A+ A A-

Shashka va stol tennisi yo’nalishlari bo’yicha musobaqa

Nashr qilingan Yangiliklar

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligi tizimidagi Samarqand soha korxonalarida faoliyat yurituvchi xotin-qizlar o’rtasida sportning shaxmat, shashka va stol tennisi yo’nalishlari bo’yicha musobaqa bo’lib o’tdi. Unda AKM mutaxassislaridan quyidagilar ishtirok etishdi:

Shashka bo’yicha: Najmiyeva Iroda-kadrlar bo’yicha mutaxassis; Jalolova Marjona-1-toifali kutubxonachisi; Mamatkulova Nasiba-1-toifali kutubxonachisi;

Shaxmat bo’yicha: Saidmurodova Nargiza-sektor mudiri; Raximova Gulbahor-sektor mudiri;

Stol tennisi bo’yicha: Najmiddinova Nigora-bo’lim mudiri; Djunaidova Zarina-yetakchi kutubxonachisi; Sharopova Zarifa-bosh kutubxonachisi.

Musobaqa yakunlari bo’yicha stol tennisi bo’yicha yetakchi kutubxonachi Djunaidova Zarina 1-o’rinni, shaxmat bo’yicha sektor mudiri Saidmurodova Nargiza 2-o’rinni egalladi. G’oliblar O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish Vazirligi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasining Faxriy yorlig’i hamda qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Intiluvchanlar uchun yangi loyiha

Nashr qilingan Yangiliklar

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Toshkentdagi Gyote Institutning yangi “Nemis bolalar onlayn-universiteti” loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimmot marosimi Gyote institut hamda Respublika axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan uyushtirildi. Unda Camarqand viloyati tumanlari umumta’lim maktablarining nemis tili o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida so’zga chiqqan Gyote Institut Toshkentning o’qituvchilari Ortiqoy Safarova va Shahnoza Ostonovalar mazkur loyiha mazmuni va maqsadi haqida so’z yuritib, uning yordamida 8-12 yoshli bolalarning ijodiy salohiyati oshishiga xizmat qilishini tushuntirib berishdi. Loyiha tarkibi bo’lgan o’quv mashg’ulotlari onlayn o’yin tarzida olib boriladi. Universitetning texnika, atrof-olamni o’rganish va odam shaxsi fakultetlari har bir yo’nalish bo’yicha 15 ta mavzu va uni mustahkamlovchi savollar keltirilgan. Darsni mustakhkamlash uchun qisqa metrajli hujjatli filmlar ham ilova qilingan. O’qish jarayonida talaba-bolalarga bakalavr, yosh olim yoki professmor unvonlari beriladi. O’quv mashg’ulotlari jarayonida bolalar ota-onaolari, yoki maktabda o’qituvchilari bilan birga ishtirok etishlari mumkin. Ta’kidlash kerakki, mazkur universitet umumta’lim maktabi o’quv dasturini o’rnini bosolmaydi, faqatgina to’ldiradi.

Loyiha yosh talabalarga dunyo haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tevarak-atrofga boshqacha nigoh bilan boqishga yordam beradi. 

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM Ilmiy-uslubiyat bo’limi hamda «Samarqand shahar harbiy gospitali» bilan hamkorlikda 8-dekabr «Konstitusiya qabul qilingan kun» munosabati bilan yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni «Samarqand harbiy gospitali» podpolkovniki A.Ismoilov ochib berdi. Shundan so’ng SamDU Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi U. Ismoilov konstitusiyaning mohiyati, uning har bir moddasi to’g’risida batafsil gapirib o’tdi. AKM bosh kutubxonachisi Z.Sharopova Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi va AKMda nashr etilgan «Konstitusiya demokratiya poydevori» multimedia namoish etildi. AKMda 2017 yilda qabul qilingan yangi adabiyotlar jumladan: T.Malik «Odamiylik mulki», N.Hoshimov «Kelgindi yigit», Marsel Brionning «Menkim sohibqiron jahongir Temur», «Qadimgi Yunonistonning afsona va rivoyatlari», R.N.Gunteginning «Choliqushi», D.Verner «Hammabop tibbiyot qo’llanmasi» kitoblarini AKM 1-toifali kutubxonachisi N.Hazratkulova sharhlab o’tdi. «Fondni raqamlashtirish yangi texnologik jihozi» nomli taqdimotni Z.Sharopova tanishtirdi. «Mobil kutubxona: shu dam va shu joyda o’qing» innavasion loyihasi bo’yicha AKM 1-toifali kutubxonachisi M.Shamsiyeva batafsil yoritib o’tdi. Tadbir so’ngida Samarqand harbiy gospital jamoasi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Страница 1 из 3

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi