A+ A A-

“Kitobxonlar klubi”da qatnashishga taklif etamiz

Nashr qilingan E'lonlar

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi Sizni “Kitobxonlar klubi”ga qatnashiga taklif etadi.

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi qoshidagi “Kitobxonlar klubi” faoliyatiga aholiga axborot-kutubxona faoliyati ko’rsatish hamda madaniy hordig’ini ta’minlash, kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida asos solinib, bu yerda turli soha vakillari bilan uchrashuvlar, qiziqarli tadbirlar hamda davra suhbatlari uyushtiriladi. Shuningdek, klub durdona adabiyotlarning mutolaasi hamda targ’ibotini ko’zlab tashkil etilmoqda.

Uchrashuvlar chora-tadbirlar rejasiga asosan haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 16:00 ga qadar o’tkaziladi.

Sizlarni Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 21-uy, 1-qavatdagi “Ma’naviyat xonasi”da kutib qolamiz.

Klub rahbari To’lqinov Umidbek. 

Tel.: +99891 524-95-59

KO’RIK-TANLOV

Nashr qilingan Yangiliklar

2017 yilning 20-oktyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovning maksadi O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimovning mazmun mohiyatini chuqurroq o’rganish hamda o’sib kelayotgane yoshlarga targ’ib etishdan iborat bo’lib ko’rik-tanlovda markaz xodimlaridan Zuxra Nuriddinova – Axborot-kutubxona hujjatlarini tizimlash va kataloglashtirish bo’limi yetakchi kutubxonachisi, Marjona Jalolova – Yagona abonement sektori kutubxonachisi, Ruxshona Shamsiyeva – Madaniyat va san’at sektori kutubxonachisi, Umidbek To’lqinov – Umumiy o’quv zali 1-toifali kutubxonachisi, Nasiba Mamatqulova – Chet tillar adabiyoti sektori 1-toifali kutubxonachilari o’zaro kuch sinashdilar. Ushbu ishtirokchilarning bilim ko’nikmalarini odilona baholab borish uchun Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi vakili, SamDU falsafa fanlari nomzodi, dosent L.Jo’rayev, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM direktor o’rinbosari R.Amirov, Samarqand shahridagi 64-maktabning “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” o’qituvchisi O.To’xtayeva, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi, SamDU doktoranti H. To’xtayev, Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi vakili A. Abidovalar xakamlik qilishdi.

Tadbir shartlari bo’yicha ishtirokchi o’zini tanishtirishi va kutubxonachining kitobxonlar bilan ishlash bo’yicha I.Karimov asarlariga tegishli tadbirlardan namunalar orqali yoritib berishi, “I.Karimov asarlari bo’yicha test savollariga javob berishi, “Islom Karimov asarlaridan” parcha eshittirilgandan so’ng, unda Birinchi Prezidentimizning qaysi asariga mansub ekanligini aniqlab berishi lozim edi. Ko’rik-tanlov yakuniga binoan Umidbek To’lqinov eng yuqori ball (25 ball) bilan 2017 yil 1-noyabrda Toshkent shahrida Milliy axborot-kutubxona haftaligi “Infolib-2017” doirasida bo’lib o’tadigan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” Respublika ko’rik-tanloviga ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Tadbir so’ngida AKM Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi M. Kulova tomonidan barcha ishtirokchilarga faxriy yorliq va qimatbaho esdalik sovg’alar taqdim etildi.

AKMda seminar

Nashr qilingan Yangiliklar

Malaka oshirish instituti tinglovchilari o’rtasida Axborot muassasalarida zamonaviy ish yuritish va tadbirlarni tashkillashtirish” mavzusida 2017 yil 17-oktyabr kuni seminar bo’lib o’tdi. Unda jami 32 nafar xalq ta’limi tassarufidagi ARM xodimlari ishtirok etib, ularga AKM bo’ylab ekskursiya, faoliyat yuritayotgan bo’lim, sektorlar ish faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, “Mobil kutubxona” dasturi, AKM, ARMlarda kelib tushgan yangi adabiyotlarning elektron obzorini tayyorlash va taqdimotini o’tkazish” kabi mavzularda slaydli taqdimotlar namoish etildi. Kunning ikkinchi yarimida ishtirokchilarga O’zbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti “I.Karimov asarlari bilimdoni” kitobxonlik oyligi, oylig doirasi davriy nashrlarda e’lon qilingan I.Karimov asarlari haqidagi dolzarb maqolalar sharhi xamda I.Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” asari bo’yicha tayyorlagan multimedia taqdimoti o’tkazildi. Seminar so’ngida barcha ishtirokchilarga AKM nashriyotida tayyorlangan “Erin Voxidov”, “Toxir Malik”, “I.Karimov asarlari bibliografik tavsifi”, “Samarkandlik yozuvchilar”, “OITS va giyohvandlik” mavzulardagi multimedia va yilning noyabr oyidan boshlab AKM qoshida tashkil etilgan “Kitobxonlar klubi” to’garagi to’g’risidagi qo’llanmalar tarqatildi. 

Страница 1 из 4

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi