A+ A A-

“Bizning Abdulla Qodiriy”

“Bizning Abdulla Qodiriy”

Ma’naviyat va ma’rifat yoshlar bilan ishlash sektori hamda Samarqand Tibbiyot Instituti qoshidagi akademik lisey bilan hamkorlikda “Abdulla Qodiriy” tavallud topgan kuniga bag’ishlab “Abdulla Qodiriy zamondoshlarimiz xotirasida” deb nomlangan adabiy kecha bo’lib o’tdi. Tadbirni Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Sh.B. Axmedova kirish so’zi bilan ochib berdi, shundan so’ng Ma’naviyat va ma’rifat yoshlar bilan ishlash sektori 1-toifali kutubxonachisi M.Raxmatova va N.Xazratkulova Abdulla Qodiriyning hayoti va ijodi uning o’zbek adabiyotining ulkan namoyandasi ekanligi, o’zbek romanchiligining asoschisi ekanligi, mamlakatimiz taraqqiyparvar ziyolilari safida turib ona yurtning millatning taqdiri ustida astoydil qayg’urganligi, o’zicha najod yo’lini izlaganligini, faqat 1991 yilda yurtimiz o’z mustaqilligimizni e’lon qilingandan so’ngina Abdulla Qodiriyga yuksak hurmat va ehtirom ko’rsatila boshlanganligi, Abdulla Qodiriy 1991 yil Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti, 1994 yil “Mustaqillik ordeni” bilan taqdirlanganligi, “Abdulla Qodiriy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti” ta’sis etilganli, eng muhimi Abdulla Qodiriy hayoti, ijodi haqidagi bor haqiqatni aytish asarlarini asl holida tahrirsiz chop etish uchun yo’l ochilganligi haqida ma’ruza qilishdi. So’ng Samarqand Tibbiyot Instituti qoshidagi akademik lisey 2-kurs talabalari Orzuyeva Zulayxo, Xodjiyeva Sarvinoz, Fazliyeva Maxliyo, Sayfiyev Ulug’beklar tomonidan Abdulla Qodiriy hayoti ijodi, ash’orlaridan namunalar keltirishdi, ayniqsa lisey 2-kurs talabasi Sayfiyev Ulug’bek ishtirokida sahna ko’rinishi ishtirokchilarga katta ta’ssurot qoldirdi. Shundan so’ng AKMning Ilmiy-uslubiyat tomonidan nashr qilingan “Abdulla Qodiriy zamondoshlarimiz xotirasida” nomli multimedia havola etildi. Tadbir so’ngida tashkilotchilar tomonidan faol ishtirokchilarga diplom va qimmatbaho kitoblar sovg’a qilindi. 

Kutubxona haqida

Samarqand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarqand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015-2019 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi