A+ A A-

Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan tadbir

Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan tadbir

Tadbirni Samarqand viloyat Harbiy gospital boshlig’i o’rinbosari Odil Jo’raqulov, Alisher Navoiy tavallud topgan kuni bilan tadbir ishtirokchilari tabriklab tadbirni ochiq deb e’lon qildi.

Shundan so’ng Harbiy gospital kutubxona mudirasi Masuda Shodiyeva, Alisher Navoiy asarlari, yaxlit olganda,hayot qomusiga o’xshashini, biror-bir hayotiy masala, insonga xos qadriyat va tuyg’ular, fazilat va illatlar yo’qki shoir qalamga olmaganligi haqida ma’ruza o’qib berdilar.

Samarqand shahar Xalq Demokratik partiyasi kengashi raisi Abdulatif Haydarov, avvalo, yoshlikda egallangan bilim toshga o’yilgan naqsh kabi mustahkam bo’lishi, shoir insonlik mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida-jamiyatga foydali kasb bilan shug’ullanishi, xalqqa manfaati tegishi haqida gapirib o’tdilar.

Shundan so’ng foydalanuvchilarga xizmat kursatish bulimi mudirasi Nasiba Mirzayeva, Alisher Navoiyni ijodi abadiy barhayotligining siri shundaki, u azaliy va abadiy mavzularni yuksak mahorat bilan qalamga olgan: muhabbat, vafo, do’stlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, mardlik, yaxshilik kabi insoniy fvzilatlarni ulug’lagan bo’lsa, yomonlik, nohaqlik, bevafolik, hasad, kibr, yolg’on, xasislik singari illatlarni keskin tanqid qilganligi haqida tadbir ishtirokchilariga ma’ruza qildilar.

Tadbirda ma’naviyat va ma’rifat yoshlar bilan ishlash sektori 1 toifali kutubxonachilari Raxmatova Mohigul va Hazratqulova Nurjahon Navoiy g’azallaridan namunalar aytib berishdi.

Tadbir so’ngida AKM tomonidan tayyorlangan “Navoiy navosi milliy ruhdavosi” Nomli multimediya namoyish etildi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi