A+ A A-

«Buyuk yurtning ulug’ farzandi» nomli tadbir

«Buyuk yurtning ulug’ farzandi» nomli tadbir

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti buyuk davlat va siyosat arbobi Islom Abdug’aniyevich Karimovning ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ulkan tarixiy xizmatlarini inobatga olib hamda u kishining xotirasini abadiylashtirish bo’yicha boshlangan ishlarni davom ettirish maqsadida u kishining 80 yillik tavalludiga bag’ishlab “Buyuk yurtning ulug’ farzandi” nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat Axborot-kutubxona markazi direktor o’rinbosari R.R.Amirov ochib berdi. Samarqand Davlat Universiteti professori F.Nabiyev mustaqil davlatimiz asoschisining ona Vatanimiz mustaqilligi va el-yurtimiz ravnaqi yo’lidagi ulkan tarixiy xizmatlari haqida batafsil bayon etdi. Samarqand shahar 21-son umumta’lim maktabi direktori, Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashidagi O’zLiDeP guruhi a’zosi S.Melikova Birinchi Prezidentimizning tahsil olgan dargohlari va u yerda tashkil qilingan muzey to’g’risida gapirib o’tdi. So’zangaron Tibbiyot kolleji ARM rahbari F.Mirzayeva Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” nomli kitobini sharhlab berdi. Samarqand Harbiy gospitali “Klub” kutubxonasi mudiri M.Shodiyeva Birinchi Prezidentimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohotda, bunyodkorlik ishlarida qo’lga kiritayotgan yutuqlarda u kishining nafaslari sezilib turganligi, buyuk davlat va jamoat arbobi sifatida xalqimiz qalbidan joy olganligi haqida ma’ruza qildi. Tadbir so’ngida AKMda nashr qilingan Islom Karimovning “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” nomli kitobiga bag’ishlangan multimedia namoyish etildi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi