A+ A A-

70 – bahorini qarshilagan bo’lardi

70 – bahorini qarshilagan bo’lardi

Respublika kutubxonachiligi sohasining yetuk bilimdoni, yoshlarning mehribon ustozi hamda ajoyib inson Ogneva Natalya Sergeyevnani hammamiz yaxshi xotirlaymiz.

Ogneva Natalya Sergeyevna 1948 yilning 16 yanvar sanasida ishchi oilasida dunyoga kelgan. 1969 yilda A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasida kutubxonachi sifatida mehnat faoliyatini boshlagan. Oradan bir yil o’tar-o’tmas sohaning bilimdoni sifatida o’zini ko’rsata bilgan Natalya Sergeyevna musiqa sektorining mudiri etib tayinlanadi. Uning rahbarligi ostida sektor qoshida simfonik musiqalar shaydolari klubiga asos solindi. Klub faoliyati doirasida san’at sohasining yetakchilari ishtirokida musiqa kechalari o’tkazildi. 1978-1980 yillarda Natalya Sergeyevna mehnat faoliyatini Toshkentda Respublika bolalar kutubxonasida davom ettirdi.

1980 yilda yana tg’ulib o’sgan maskaniga qaytib, A.S. Pushkin nomidagi Samarqangd viloyat kutubxonasidagi faoliyatini davom ettirdi. Viloyatda kutubxonachilik sohasida sidqidildan mehnat qilib izlandi, soha rivojiga salmoqli hissa qo’shdi. Ilg’or tajribalarni amalda tadbiq etish natijasida abonentlar soni oshib bordi, viloyat kutubxonasi respublikadagi o’ziga xos tajriba maktabiga aylandi.

N. Ogneva viloyatdagi kutubxonachilar malakasini oshirish kurslarini boshqardi. 1995 yildan A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasining direktor o’rinbosari lavozimiga tayinlandi va o’sha yildan boshlab Samarqand viloyat kutubxonachilik sohasining rivojiga munosib hissa qo’shib keldi. Uning bevosita rahbarligi va tashabbusi bilan sohada yangi texnologiyalar, innovasion loyihalar, kutubxonachilik sohasini avtomatlashtirish ishlari boshlab yuborildi va joriy etildi. Bundan tashqari u “Kutubxonachi ayollar” assosiasiyasining faol a’zosi sanalardi.

Soha rivojiga qo’shgan hissalarini inobatga olib Ogneva N.S. 1980 yilda Madaniyat Vazirligining “Kutubxona a’lochisi” ko’krak nishoni bilan, keyinchalik, ya’ni 2002 yilda respublika kutubxonachilari safidan birinchilardan bo’lib “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

Natalya Sergeyevna ajoyib turmush o’rtoq va mehribon buvi edi. Yuriy Mixaylovich Ognev bilan birga 44 yillik mazmunli umrlari davomida ikki nafar o’g’il va turt nafar nevalarni voyaga yetkazishdi. 2014 yilning avgust oyida beshavqat o’lim uning 66 yoshida oramizdan olib ketdi.

Ajoyib inson, mehribon ustoz va tajribali rahbar Ogneva Natalya Sergeyevnaning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi