A+ A A-

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi o’rtasida Memorandum imzolash marosimi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi hamda Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi o’rtasida Memorandum imzolash marosimi

2017 yil 14 dekabr kuni O’zbekiston Milliy kutubxonasida Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi va O’zbekiston Milliy kutubxonasi o’rtasida Memorandum imzolash marosimi bo’lib o’tdi. O’zbekiston Respublikasidagi Gruziya elchixonasi vakillari ishtirokida o’tgan marosimda Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi, O’zbekiston Milliy kutubxonasi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti, Samarqand davlat universiteti hamda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi o’rtasida memorandumlar imzolandi.

Tadbir avvalida mamlakatlarning Davlat madhiyalari yangradi.

Marosimni ochiq deb e’lon qilar ekan, O’zbekiston Milliy kutubxonasi direktori A.Abduazizov mehmonlarni qutladi, mazkur memorandumning ahamiyatini ta’kidladi va hamkorlikning bardavom bo’lishiga umid bildirdi. «O’zbekiston Milliy kutubxonasi bilan Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi o’rtasidagi 2017-2022 yillarga mo’ljallangan Bitim loyihasi o’zaro davlatlar o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va do’stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Memorandum madaniy merosimizni saqlash va restavrasiya qilishga bag’ishlangan turli xalqaro ilmiy anjumanlarda ishtirok etishga, hamkorlikda seminar-trening, mahorat darslari, ma’ruzalar, taqdimotlar, ma’rifiy va madaniy tadbirlar tashkil etish hamda ko’rgazmalar o’tkazishga imkoniyat yaratadi», - dedi A.Abduazizov.

Korneliy Kekelidze nomidagi Gruziya Milliy qo’lyozmalar Markazi direktori Zaal Abashidze tomonlarni  nodir nashrlarni o’rganishga qaratilgan ilmiy alaqalarning mustahkamlanishiga turtki bo’lgan bugungi tarixiy voqyea bilan qutladi. «Bu mustahkam aloqalar va sermahsul mehnatga yetaklovchi muhim voqyeadir. Bizning hamkorligimiz natijasida ilmiy va amaliy aloqalar vujudga kelishiga umid qilaman», - dedi Z.Abashidze.

Gruziyaning O’zbekiston Respublikasidagi elchisi Konstantin Jgenti marosim tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi va qo’lyozmalar, kutubxona ishi va bibliografiya sohasida ikki tomonlama aloqalarga ravnaq tiladi.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov,  Samarqand davlat universiteti axborot-resurs markazi  direktori Madina Nasrullayeva, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Shahodat Ahmedovalar so’zga chiqdilar. «Mazkur memorandumlarning  imzolanishi nafaqat nodir nashrlarni saqlash va o’rganish sohasida, balki xalqaro kitob almashinuvida ham katta istiqbollar ochadi», -dedi Sh.Ahmedova.

Musiqiy chiqishlardan so’ng memorandumlar imzolandi.

Tadbir so’ngida esdalik sovg’alari topshirildi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi