A+ A A-

“Kitob mutolaasini targ’ib etish bo’yicha innovasion g’oyalar” mavzusidagi o’quv seminar

“Kitob mutolaasini targ’ib etish bo’yicha innovasion g’oyalar” mavzusidagi o’quv seminar

Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan “Kitobxonlar klubi” doirasida “Kitob mutolaasini targ’ib etish bo’yicha innovasion g’oyalar” mavzusidagi o’quv seminar bo’lib o’tdi. Tadbirni AKM Ilmiy-uslubiyat bo’limi mudiri M.Kulova kirish so’zi bilan ochib berdi va kitob mutolaasini targ’ib etish bo’yicha batafsil gapirib o’tdi. Shundan so’ng Umumiy o’quv zali 1-toifali kutubxonachisi U.To’lqinov AKM qoshida 1-noyabrdan 30-noyabrgacha “Kitobxonlar klubi” oyligi davomida amalga oshirgan ishlar yuzasidan qisqacha ma’lumot berib o’tdi. Shundan so’ng “Kitob mutolaasi, zamonaviy kitobxonga xaizmat ko’rsatishda kutubxonachilarning asosiy vazifalari” mavzusida breyn-ring o’yini o’tkazildi. Unga ko’ra 3 ta jamoa “AKM jamoasi”, “ARM jamoasi” va “Kitobxonlar jamoasi” 5 kishidan iborat guruh tuzildi. Jamoalar o’rtasida kitobxon va kutubxonachi o’rtasidagi munosabatlar, axborot yetkazish xizmat turlari, kitobxonga maslahat va ma’lumot berish ishlari kabi savollar o’rtaga tashlandi va jamoalar tomonidan fikrlar bildirildi. Ayniqsa, “ARM jamoasi”dan So’zargaron tibbiyot kolleji ARM rahbari F.Mirzayeva bugungi kutubxonachi ko’proq bilimga ega bo’lishi lozimligi, yuksak ma’naviyatli bo’lishini ta’kidladi. “AKM jamoasi”dan bosh kutubxonachisi Z.Latipova bugungi kutubxonachi psixolog bo’lishini davr talab etayotganligini aytib o’tdi. “Faol kitobxonlar jamoasi”dan TATU Samarqand filiali talabalari Sh.O’roqov, Sh.Tursunov, S.Raximov, S.Qo’shmurodov va Abdusanoatovlar bugungi kutubxonachi barcha kitoblar bilan to’liq tanish bo’lishi lozimligini, rad javobini bermaslikka harakat qilishi lozimligini ta’kidlashdi. Shu o’rinda ko’p yillik malakaga ega bo’lgan mutaxassislardan Samarqand davlat universiteti 1-son akademik liseyi ARM rahbari S.Haydarova va Siyob pedagogika va xizmat ko’rsatish kolleji ARM rahbari D.Qurbonovalar vaqt-vaqti bilan “Kitob olami” savdo vakillari hamkorligida “Sevimli kitobimni taqdim etaman”shiori ostida aksiyalar uyushtirilib borilsa, ARMlar fondini badiiy adabiyot bilan boyitilardi deya o’z takliflarini bildirishdi.

Shundan so’ng ishtirokchilarga “Yangi adabiyotlar” to’g’risidagi taqdimot Axborot o’lkashunoslik sektor yetakchi kutubxonachisi Z.Djunaidova tomonidan havola etildi. Xalqimizni kitobga bo’lgan ishtiyoqini oshirish, mutolaa madaniyatini shakllantirish, bir tomonlama harakat emas. Bu yerda inson kitobga, kitob esa insonga intilishi kerak. Ularni bir-biriga yaqinlashtirish kutubxona xodimlarining professional malakalaridan tashqari mehr-muruvvat, xokisorligi ham yutuqlarning doyasi bo’la oladi degan xulosalar bilan ushbu breyn-ring o’yiniga yakun yasaldi. Barcha ishtirokchilarga “Kitobxonlik oyligi”ning samarali yakunlaganligi munosabati bilan bir piyola choy tashkil etilib, kasbiy fikrlari bilan o’rtoqlashishdi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi