A+ A A-

Davra suxbat

Davra suxbat

Tadbirni Ma’naviyat va ma’rifat yoshlar bilan ishlash sektori 1 toifali kutubxonachisi M.Raxmatova bugungi kunning eng dahshatli xatarlaridan biri OITS ekanligi OITS infeksiyasi o’zining oqibatlari bilan insoniyatning eng dolzarb muammosi bo’lganligi, yer yuzida ushbu kasallik bilan yashayotgan odamlar soni 34 millionni tashkil etishi va bir kunda taxminan 7 ming 400 nafar odam bu kasallikni yuqtirib olayotganligi hamda kasallik turli yoshdagi aholi orasida, ayniqsa, nav­qiron 20-49 yoshlilar o’rtasida ko’plab qayd etilishi xatari tadbirning asosiy maqsadi ekanligi to’g’risida gapirib o’tdi.

Kun tartibiga kiritilgan So’zangaron tibbiyot kolleji talabalari Abdumuminova Dinora va Mamasharifova Janona OITS infeksiyasi odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan surunkali yuqumli kasalik ekanligi virus bemor odam organizmida butun hayoti davomida saqlanib qolishi haqida tushuncha berdilar.

Tadbir davomida ishtirokchi va yig’ilganlar o’zlarining fikr mulohazalari bilan o’zoro o’rtoqlashdilar.

Tadbir so’ngida AKM tomonidan tayyorlangan “XXI asr Giyohvandlikka qarshi kurash asri” nomli multimedia ishtirokchilarga namoyish etildi.       

Mana shunday dolzarb mavzudagi tadbirlar yanada ko’proq va samarali hamkorlikda o’tqazishga kelishib olindi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi