A+ A A-

Kitobxonlar klubi o’z ishini boshladi

Kitobxonlar klubi o’z ishini boshladi

2017 yil 1-noyabrdan A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” o’z ishini boshladi. Uchrashuvlarni yuqori malakali mutaxassislarimiz va taklif etilgan mehmonlar o’tkazishdi.

Suhbatlar loyihalarimiz va fondlarimiz to’g’risida, shuningdek doimiy kitobxonlarimizni qiziqtiruvchi dolzarb mavzularda bo’ldi. Masalan, “Bolalarda kitobga bo’lgan qiziqishni qanday uyg’otish kerak?” mavzusidagi suhbatni taklif etilgan mehmonimiz – psixolog-pedagog L.Z.Kotova bilan birgalikda o’tkazildi.

Shuningdek klub tashqarida ham o’z faoliyatini olib bordi. Biz Samarqand bank kolleji, So’zangaron tibbiyot kolleji, 8-sonli umumta’lim maktabi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialiga tashrif buyurib, bir nechta mavzularda suhbatlar o’tkazdik. O’quvchi va talabalar barcha axborotlarni katta qiziqish bilan tinglashdi, ayniqsa ularda “Mobil kutubxona” mavzusi katta taassurot qoldirdi.

Eslatib o’tamiz, uchrashuvlar haftaning  dushunba, chorshanba, juma kunlari soat 15:00 da o’tkaziladi. Klub azosiga aylaning va o’z taklif va istaklaringizni bildiring! Sizlarni kutib qolamiz!  

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi