A+ A A-

«Konstitusiya qabul qilingan kun» munosabati bilan yangi kitoblar taqdimoti

«Konstitusiya qabul qilingan kun» munosabati bilan yangi kitoblar taqdimoti

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM Ilmiy-uslubiyat bo’limi hamda «Samarqand shahar harbiy gospitali» bilan hamkorlikda 8-dekabr «Konstitusiya qabul qilingan kun» munosabati bilan yangi kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Tadbirni «Samarqand harbiy gospitali» podpolkovniki A.Ismoilov ochib berdi. Shundan so’ng SamDU Tarix fakulteti 2-bosqich talabasi U. Ismoilov konstitusiyaning mohiyati, uning har bir moddasi to’g’risida batafsil gapirib o’tdi. AKM bosh kutubxonachisi Z.Sharopova Axborot-kutubxona faoliyati to’g’risida qisqacha to’xtalib o’tdi va AKMda nashr etilgan «Konstitusiya demokratiya poydevori» multimedia namoish etildi. AKMda 2017 yilda qabul qilingan yangi adabiyotlar jumladan: T.Malik «Odamiylik mulki», N.Hoshimov «Kelgindi yigit», Marsel Brionning «Menkim sohibqiron jahongir Temur», «Qadimgi Yunonistonning afsona va rivoyatlari», R.N.Gunteginning «Choliqushi», D.Verner «Hammabop tibbiyot qo’llanmasi» kitoblarini AKM 1-toifali kutubxonachisi N.Hazratkulova sharhlab o’tdi. «Fondni raqamlashtirish yangi texnologik jihozi» nomli taqdimotni Z.Sharopova tanishtirdi. «Mobil kutubxona: shu dam va shu joyda o’qing» innavasion loyihasi bo’yicha AKM 1-toifali kutubxonachisi M.Shamsiyeva batafsil yoritib o’tdi. Tadbir so’ngida Samarqand harbiy gospital jamoasi o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi