A+ A A-

Intiluvchanlar uchun yangi loyiha

Intiluvchanlar uchun yangi loyiha

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Toshkentdagi Gyote Institutning yangi “Nemis bolalar onlayn-universiteti” loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Taqdimmot marosimi Gyote institut hamda Respublika axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan uyushtirildi. Unda Camarqand viloyati tumanlari umumta’lim maktablarining nemis tili o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Taqdimot davomida so’zga chiqqan Gyote Institut Toshkentning o’qituvchilari Ortiqoy Safarova va Shahnoza Ostonovalar mazkur loyiha mazmuni va maqsadi haqida so’z yuritib, uning yordamida 8-12 yoshli bolalarning ijodiy salohiyati oshishiga xizmat qilishini tushuntirib berishdi. Loyiha tarkibi bo’lgan o’quv mashg’ulotlari onlayn o’yin tarzida olib boriladi. Universitetning texnika, atrof-olamni o’rganish va odam shaxsi fakultetlari har bir yo’nalish bo’yicha 15 ta mavzu va uni mustahkamlovchi savollar keltirilgan. Darsni mustakhkamlash uchun qisqa metrajli hujjatli filmlar ham ilova qilingan. O’qish jarayonida talaba-bolalarga bakalavr, yosh olim yoki professmor unvonlari beriladi. O’quv mashg’ulotlari jarayonida bolalar ota-onaolari, yoki maktabda o’qituvchilari bilan birga ishtirok etishlari mumkin. Ta’kidlash kerakki, mazkur universitet umumta’lim maktabi o’quv dasturini o’rnini bosolmaydi, faqatgina to’ldiradi.

Loyiha yosh talabalarga dunyo haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tevarak-atrofga boshqacha nigoh bilan boqishga yordam beradi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi