A+ A A-

KO’RIK-TANLOV

KO’RIK-TANLOV

2017 yilning 20-oktyabr kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovning maksadi O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimovning mazmun mohiyatini chuqurroq o’rganish hamda o’sib kelayotgane yoshlarga targ’ib etishdan iborat bo’lib ko’rik-tanlovda markaz xodimlaridan Zuxra Nuriddinova – Axborot-kutubxona hujjatlarini tizimlash va kataloglashtirish bo’limi yetakchi kutubxonachisi, Marjona Jalolova – Yagona abonement sektori kutubxonachisi, Ruxshona Shamsiyeva – Madaniyat va san’at sektori kutubxonachisi, Umidbek To’lqinov – Umumiy o’quv zali 1-toifali kutubxonachisi, Nasiba Mamatqulova – Chet tillar adabiyoti sektori 1-toifali kutubxonachilari o’zaro kuch sinashdilar. Ushbu ishtirokchilarning bilim ko’nikmalarini odilona baholab borish uchun Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi vakili, SamDU falsafa fanlari nomzodi, dosent L.Jo’rayev, A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM direktor o’rinbosari R.Amirov, Samarqand shahridagi 64-maktabning “Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari” o’qituvchisi O.To’xtayeva, O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand shahar kengashi, SamDU doktoranti H. To’xtayev, Xalq demokratik partiyasi Samarqand shahar kengashi vakili A. Abidovalar xakamlik qilishdi.

Tadbir shartlari bo’yicha ishtirokchi o’zini tanishtirishi va kutubxonachining kitobxonlar bilan ishlash bo’yicha I.Karimov asarlariga tegishli tadbirlardan namunalar orqali yoritib berishi, “I.Karimov asarlari bo’yicha test savollariga javob berishi, “Islom Karimov asarlaridan” parcha eshittirilgandan so’ng, unda Birinchi Prezidentimizning qaysi asariga mansub ekanligini aniqlab berishi lozim edi. Ko’rik-tanlov yakuniga binoan Umidbek To’lqinov eng yuqori ball (25 ball) bilan 2017 yil 1-noyabrda Toshkent shahrida Milliy axborot-kutubxona haftaligi “Infolib-2017” doirasida bo’lib o’tadigan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” Respublika ko’rik-tanloviga ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Tadbir so’ngida AKM Kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi M. Kulova tomonidan barcha ishtirokchilarga faxriy yorliq va qimatbaho esdalik sovg’alar taqdim etildi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi