A+ A A-

“Sizni sharaflaydi zaminu zamon” deb nomlangan sherxonlik kechasi

“Sizni sharaflaydi zaminu zamon” deb nomlangan sherxonlik kechasi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limida Erkin Vohidovning 80 yiligiga bag’ishlab tayyorlangan “Sizni sharaflaydi zaminu zamon ” deb nomlangan she’rxonlik kechasi bo’lib o’tdi. Kechani Axborot-kutubxona direktori Sh.B. Axmedova kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng so’z AKM foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xodimlariga berildi. Xodimlar Erkin Voxidovning markaz fondida mavjud adabiyotlari bilan tanishtirib o’tdilar . Navbat Samarqand Davlat Universiteti tarix fakulteti 101 guruh talabalari va SAMI davolash fakulteti talabalariga berildi. Talabalardan so’z navbati Tarix fakulteti talabasi Namozov Mamarajab berilganda u shoir haqida juda chiroyli so’zlarni gapirib o’tdi. Zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri bo’lgan Erkin Vohidov ijodida go’zal qasida , muxammas kabi janrlar shakillanib borganligini , shoir mumtoz adabiyotlarning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammalashtirishga intilganligini , Erkin Vohidov badiiy mahorati o’sib, kamol topganligini ,chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko’tarilgan ijodkor ekanligini gapirib o’tdi. SAMI davolash fakulteti talabasi Mamadiyorova Mashhura shoirning “Ruhlar isyoni ” dostonini aytib berganida qatnashchilar olqishiga sazavor bo’ldi. Boshqa talabalar shoirning she’rlaridan parchalar o’qib berishdi. Tadbir so’ngida foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’limi mudiri N.Mirzayeva so’zga chiqib Erkin Vohidov ijodiga bag’ishlangan kitob ko’rgazmasi ham tashkil qilinganligi va bu kitoblardan kitobxonlar olib o’qishini aytib kechada qatnashgan qatnashchilarga o’z minatdorchiligini bildirdi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi