A+ A A-

Bolalar kitobi festivali

Bolalar kitobi festivali

2017 yil 15 oktyabrda Samarqand viloyat axborot - resurs markazida Respublika bolalar kitobi festivali bo’lib o’tdi. Uni axborot- resurs markazi direktori kirish so’zi bilan ochiq deb e’lon qildi. Viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, viloyat teleradiokompaniya boshligi Yo.Rustamov so’zga chiqish tadbir ishtirokchilari va tashkilotchilarini bu festival bilan tabrikladi.

Tadbirda A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutuxona markazi ham faol ishtirok etib, o’zining yangi sara adabiyotlarini namoyish etdi. Ko’rgazmaga nemis, ingliz, rus va lotin alifbosidagi boallar adabiyotlari, elektron shakldagi adabiyotlar qo’yildi.

Ko’rgazmaga 600 dan ortiq kitobxonlar tashrif buyurib barcha adabiyotlar bilan tanishishdi. Samarqand shahridagi 8, 9, 46, 47, 35, 37 o’rta ta’lim maktablari o’quvchilari AKM adabiyotlari bilan tanishib ushbu kutubxona a’zosi bo’lishga qiziqishdi.

Ko’rgazmaga qo’yilgan adabiyotlar 60 tani, CD va DVD disklar 30 tani tashkil etdi.

Ko’rgazmani tashkil etishdan maqsadimiz yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb qilish, ularni kitob bilan do’stlashishga undash va bilim saviyalarini va kitob bilan muomalalarini oshirishga ko’maklashishdir.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi