A+ A A-

“Mustaqil yurt farzandimiz” bellashuv kechasi

“Mustaqil yurt farzandimiz” bellashuv kechasi

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Abonement sektori va Samarqand shahar 8-umumta’lim maktabi o’quvchilari bilan birgalikda o’tkazilgan “Mustaqil yurt farzandlarimiz” nomli bilimdonlar bellashuvi joriy yilning 8-sentyabr kuni o’tkazildi. Tadbirni AKM direktori o’rinbosari Amirov R.R. kirish so’zi bilan ochib, Mustaqilligimizning 26 yilligi bilan barcha mehmonlar va ishtirokchilarni qutlab tadbirni ochib berdi. Bellashuvida ikkita “Karimov avlodlari” va “Xumo” jamoalari “Tanishtiruv”, “Yurtim go’zalligini tavsirlayman”, “Mustaqil yurtimni kuylayman” deb nomlangan shartlar bo’yicha o’zaro kuch sinashdi. Jamoa ishtirokchilarining chiqishlarini hakamlar hay’ati xolisona baxolab ikkala jamoaga xam 36 balni qo’lga kiritish nasib etdi. Ushbu tadbirda bilimdonlik, do’stlik g’olib keldi. Tadbirda AKM xodimlari tomonidan “Yangi adabiyotlar” va “O’zbekistonning shonli yo’li” nomli ko’rgazmalari tashkil etilgan bo’lib ishtirokchilarga qisqacha ma’lumotlar berib o’tildi. Tadbir so’ngida Abonement sektori tomonidan barcha ishtirokchilarga qimmatbaxo kitoblar sovg’a tariqasida taqdim etildi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi