A+ A A-

Qalbimizda mangu yashaydi

Qalbimizda mangu yashaydi

2017 yilning 6 - sentyabr kuni Markaziy harbiy okrug Serjantlar tayyorlash maktabi ilmiy uslubiyat bo’limi xamkorlikda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning yorqin xotirasiga bag’ishlangan “Qalbimizda mangu yashaydi” nomli xotira kechasi uyushtirildi. Ushbu tadbirni Markaziy harbiy okrug Serjantlar tayyorlash maktabi boshlig’ining shaxsiy tarkib bilan ishlash o’rinbosari polkovnik Sh.Yusupov ochib berdi.

Nuroniylar jamg’armasi Samarqand viloyat bo’limi faoli Ubaydulla Yuldashev Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasidan olib chiqganligi, g’oyat qaltis va tahlikali vaziyatda og’ir qiyinchilik va sinovlarga qaramay, qisqa davrda O’zbekistonni zamonaviy demokratik davlatga aylantirganligini batafsil so’zlab berdi. Shundan so’ng A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat AKM ilmiy-uslubiyat bo’limi bosh kutubxonachisi Marjona Shamsiyeva Birinchi Prezidentimiz mamlakatimizda amalga oshirilayotgan har bir islohotda, bunyodkorlik ishlarida qo’lga kiritayotgan yutuqlarda u kishining nafaslari sezilib turganligi, buyuk davlat va jamoat arbobi sifatida xalqimiz qalbidan joy olganligi haqida ma’ruza qildi. AKM bosh kutubxonachisi Zarifa Sharopova tomonidan Islom Karimovning 23 nomdagi asarlar to’plami, “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat qilish eng oliy saodatdir” nomli asarlarini sharhlab o’tdi. Tadbirda kursantlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi