A+ A A-

O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashkil etildi

O’zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashkil etildi

Bugungi kunda A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot kutubxona markazida 35 nafar yosh mutaxassislar faoliyat yuritib kelishmoqda, shularni inobatga olib tashkilot qoshida O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilotini tashkil etish taklifi bildirildi. Shu munosabat bilan joriy yilning 6-sentyabr kuni AKM faollar zalida “Men O’zbekiston yoshlar ittifoqi a’zosiman” deb nomlangan davra suxbati o’tkazildi. Unda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarkand viloyat kengashi boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo’lim mudiri Sanjar Turdiyev, shaxar kengashi bo’lim mudiri Abdurasul Ismatov ishtirok etib to’planganlarga tashkilot to’g’risida qisqacha ma’lumot berib o’tidi. Boshlang’ich tashkilotning asosiy maqsadi tashkilotda yosh mutaxassislar tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ular orasida iste’dodli va iqtidorli yoshlarni yuzaga chiqarish va yosh mutaxassislarning “Ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq yetuk mutaxassis bo’lishlariga ko’maklashish, yoshlarning ijtimoiy muammolarini yechishda ko’maklashishdan iborat ekanligi barcha yoshlarni ruxlantirib yubordi. Nizomga ko’ra O’zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang’ich tashkilot kengash raisi Umid Turg’unov, yoshlar masalalari bo’yicha o’rinbosari Zuxra Nuriddinova, madaniy ma’rifiy va hukukiy targ’ibot yo’nalishi koordinatori Zarifa Sharapova, “Ustoz-shogird” an’anasini muvofiqlashtirish va yosh xodimlarni kasbiy malakasini oshirish yo’nalishi koordinatori Nazokat Ibragimova, Ommaviy tadbirlar va sport salomatlik masalalari yo’nalishi koordinatori Vlada Zelikova, Ijtimoiy iqtisodiy yo’nalish koordinatori Askar Aliqulovlar yig’ilganlar toomonidan bir ovozda saylandilar. Ushbu boshlang’ich tashkilot faoliyatini qo’llab quvvatlash maksadida alohida xona va kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi o’zaro kelishib olindi.

AKM ilmiy uslubiyat bo’lim mudiri: Maxbuba Kulova 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi