A+ A A-

Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan o’quv mashg’ulot

Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan o’quv mashg’ulot

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida 14 avgustda “Yer silkinishi favqulodda vaziyatni yuzaga kelganda shaxsiy tarkib harakati va hodisasi oqibatlarini bartaraf etish“ mavzusida o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.

O’quv mashg’ulotga Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimi Xudoyqulov Azam tashrif buyurdi. A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Sh.B.Axmedova so’zga chiqdi va zilzila tabiatda sodir bo’ladigan eng xavfli hodisalarning biri ekanligini va zilzila yuzaga keladigan iqtisodiy zarar va insonlar halokati bo’yicha tabiiy ofatlarning ichida birinchi o’rinni egallashini tushuntirib o’tdi.

AKM xodimlari razvedka, aloqa, yong’inga qarshi, qutqaruv, jamoat tartibini saqlash, sanitar post va avariya – texnik guruxlarga bulindilar mashg’ulot davomida zilzilada 2 nafar xodim jaroxat olgani xaqida ma’lumot kelib tushdi va qutqaruv guruhlari o’z vazifalarini a’lo darajada bajarib jabirlanganlarni xavfsiz joyga olib chiqdi.

Mashg’ulot yakunida Favqulotda vaziyatlar bo’limi xodimi Xudoyqulov Azam zilzila xavfli oqibatlarga olib kelishi, zilzila ro’y berganda binolar, inshootlar buzilishi va vayron bo’lishi, yong’inlar chiqishi, binolar ichidagi va tashqarisidagi buyumlar tushib ketishi, transport vositalari va kommunikasiya tizimlari, energiya va suv ta’minoti tarmoqlari, shikastlanishi mumkinligi va biz bularga doim tayyor turushimiz haqida gapirib o’tdi. O’quv mashg’ulotdan barcha ishtirokchilar olgan ko’nikma bilimlarini yana bir bor amalda sinab ko’rishdi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi