A+ A A-

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida o’quv-seminar

Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida o’quv-seminar

2017 yil 15-avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida “Qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati” va “axborot-kutubxona fondlarini restavrasiya va konservasiya qilish xizmati” mavzusida o’quv-seminar bo’lib o’tdi. Seminarda A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi “Qo’lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar xizmati” bosh mutaxassisi N. Zaipova hozirgi davrda noyob qo’lyozmalarga talab kuchayib borayotgani va uni asrab kelajak avlodga yetkazish uchun olib borilayotgan ishlar jarayoni, saqlanish tartibi haqida batafsil tushuncha berib o’tdi. Shundan so’ng A.Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi “Restavrasiya va konservasiya qilish bo’limi” boshlig’i M. Salimov nodir nashrlarni restavrasiya va konservasiya qilish jarayoni haqida ishtirokchilarni yaqindan tanishtirdi. O’zbekiston Milliy kutubxonasi “Nodir kitoblar bo’limi” bosh mutaxassisi F. Maxmudov nodir kitoblardan foydalanish tartibi, fondda joylashtirish jarayonini batafsil tushuntirdi. O’quv-seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi