A+ A A-

XDP Samarqand viloyat va shahar Kengashlari bilan hamkorlikda ochiq muloqot

XDP Samarqand viloyat va shahar Kengashlari bilan hamkorlikda ochiq muloqot

2017 yil 7 avgust kuni A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi va O’zbekiston XDP Samarqand viloyat va shahar Kengashlari bilan hamkorlikda “Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo’lishi kerak” mavzusi yuzasidan ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston XDP Samarqand shahar Kengashi raisi Sh. Narkulova ochib berib, 2017 yil 12-iyuldagi Prezidentimizning ma’ruzasidan kelib chiqib oldimizda turgan ustuvor vazifalar to’g’risida to’xtalib o’tdi. O’zbekiston XDP yoshlarning ijtimoiy, siyosiy faolligini oshirish sektori O. Abduraimova mamlakatimizning oldida turgan orzu-maqsadlarini ro’yobga chiqarishda farzandlarimizni barkamol qilib tarbiyalash, bilimli va vatanparvar qilib kamol toptirish, mamlakat taraqqiyotiga hissa qo’shadigan yetuk kadrlar bo’lib yetishishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilayotganligi, iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish har qanday siyosiy partiyaning oldida turgan muhim masalalardan biri ekanligi xususida gapirib o’tdi. Tadbir davomida kutubxona xodimlari va yoshlar tomonidan o’zlarining qiziqtirgan mavzular yuzasidan savollarga javoblar olishdi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi