A+ A A-

Hunarmand bilan uchrashuv – tadbiri

Hunarmand bilan uchrashuv – tadbiri

2017 yil 3 avgust A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida hunarmand, rassom, kulol, “Asrlar sadosi” respublika festivalining mutlaq g’olibi Berdiyev Firdavs bilan uchrashuv – tadbiri bo’lib o’tdi.

Berdiyev Firdavs faoliyati haqida ikki og’iz: hunarmandalar oilasida 1982 yilda tug’ilgan Firdavs ota kasbini davom ettirayotgan hunarmand yoshlardan biri. 2002 yilda Qozog’istoda o’tkazilgan Markaziy Osiyo hurnarmandlari ko’rgazmasining ishtirokchisi, 2005 yilda “Kelajak oozi” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli o’rin sovrindori, 2017 yid\lda o’tkazilgan “Asrlar sadosi” milliy festivaligining teriga rasm chizish yo’nalishi bo’yicha oliy o’rin sohibi.

Tadbirni direktor o’rinbosari R. Amirov kirish so’zi bilan ochdi. Ma’ruzasi davomida istiqlol yillarida bebaho madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, xususan xalq amaliy san’ati qayta tiklangani, qadr topib va yuksalgni haqida gapirdi.

Shundan keyin Axborot-o’lkashunoslik sektori tomonidan hunarmand Berdiyev Firdavs va uning faoliyat yo’nalishi haqida hikoya qiluvchi “Zuvalasi zamindan” nomli multimedia yig’ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Tadbir davomida hunarmand bilan suhbat bo’lib o’tdi. Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarda tadbir qahramoni tomonidan javoblar berildi. Xususan “Bildikki Sizning tanlagan hunar yo’nalishingiz insondan katta sabrni talab etadi. Aytingchi ijodning mazkur yo’nalishida Sizning ilhom pariyingiz kim, yoki ish jarayonida nimalardan ilhomlanasiz?” – degan savolga Firdavs “Mening ilhom manbaim oilam, ya’ni ayolim” – deya javob qaytardi.

Tadbir yig’ilganlarga katta taassurot qoldirildi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi