A+ A A-

“AKM eng faol yosh mutaxassisi” – 1 o’rin sohibi

“AKM eng faol yosh mutaxassisi” – 1 o’rin sohibi

Avval xabar qilinganidek, Farg’ona viloyatida Respublika axborot – kutubxona markazining kasbiy mahorat respublika ko’rik tanlovi o’tkaziladi. Respublikadagi axborot-kutubxona markazlarining jamoalari to’rt  nominasiya, ya’ni “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi”, “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi”, “Axborot-kutubxona faoliyatining eng faol yosh mutaxassisi”, “Axborot – kutubxona faoliyati va kitobxonlik madaniyati” mavzusidagi eng yaxshi maqola” nominasiyalari bo’yicha o’zaro kuch sinashdilar. Jiddiy tayyorgarlik va istiqbolli innovasion loyihalar bilan tanlovda ishtirok etgan Samarqand viloyat AKM jamoasining faoliyati munosib baholandi. “Mobil kutubxona: shu dam, shu yerda o’qing” innovasion loyihasi hakamlar hay’ati tomonidan e’tirof etilib, 5 ballik baholash tizimida bir ovozdan 5 ball bilan baholandi. Quvonarlisi AKMning yosh mutaxassislaridan biri kutubxonachi Xudoyqulov Shoxruhrespublikadagi 14 ta AKM orasidan bir ovozdan “Axborot-kutubxona faoliyatining eng faol yosh mutaxassisi” nominasiyasining mutloqg’olibi, 1-o’rin sohibi bo’ldi.

Hamkasbimizni qo’lga kiritgan yutug’i bilan samimiy qutlab, kelajakdagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi