Joriy yilda Respublika axborot –kutubxona markazi tomonidan hududiy axborot-kutubxona markazlari mutaxassislarini kasbiy mahorat ko’rik-tanlovi vodiyda, Farg’ona shahrida o’tkazilmoqda. Axborot-kutubxona markazlari mutazxassislari 4 yo’nalish bo’yicha: “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi”, “Axborot-kutubxona markazining eng yaxshi mutaxassisi”, “Axborot-kutubxona markazining eng faol yosh mutaxassisi” hamda “Axborot-kutubxona faoliyati va kitobxonlik madaniyati” mavzusmdagi eng yaxshi maqola” nominasiyalari bo’yicha o’zaro kuch sinashadilar.
Ko’rik tanlov sohadagi ilg’or tajribalarni ommalashtirish, aholiga axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishda innovasion g’oyalarni aniqlash va amalda tadbiq etish maqsadida tashkil etilib kelinmoqda. A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining mutaxaxassislar guruhi ham ko’rikka ishtirok etish uchun jiddiy hozirlik ko’rdi.
Eslatib o’tamiz 2016 yilda A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot--kutubxona markazi respublikaning “Eng yaxshi axborot-kutubxona markazi” sifatida e’tirof etilgan edi.