Joriy yilning 22 iyun kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston Respublikasi interaktik davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) bilan tanishuv” mavzusida seminar uyushtirildi. AKM xodimlari, ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan soha kasb-hunar kollejlari talabalari va faol kitobxonlardan iborat bo’lgan jami 70 nafarlik auditoriyani o’zida jamlagan seminar Elektron kutubxona sektori tomonidan tashkil etilgan bo’lib, mutaxassislar Ten V. hamda Xudoyqulov Sh.lar mazkur portalning afzalliklari va alohida jihatlari xususida ma’lumot berishdi.