A+ A A-

Pushkinxonlik kechasi

Pushkinxonlik kechasi

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand rus milliy madaniy markazi hamda Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik liseyi talabalari jamoasi hamkorligida an’anaviy Pushkinxonlik kechasi uyushtirildi. Pushkinxonlik kechasi bu buyuk adib ijodiy dunyosiga yana bir karra sho’ng’ish ramzidir. oqshom liboslari, chiroyli soch turmaklar i bilan yanada go’zallashgan qizlar, oq ko’ylak va qora kostyu shim kiygan haqiqiy jentelmen timsolidagi o’smir yigitlar, yangragan musiqa sadolari tadbir ishtirokchisi bo’lgan har bir kishini lahzada bo’lsada Pushkin yashagan davrga xayoliy sayohat qilishiga majbur etdi.

Yilning 6 iyun sanasini Pushkin tavallud topgan kun bilan birga, shuningdek, Xalqaro rus tili kuni sifatida ham nishonlaymiz – deydi SamISI qoshidagi 1-son akademik lisey o’qituvchisi Viktoriya Kuznesova. O’quvchilarni rus millatining madaniyati bilan yaqinroq tanishtirish maqsadida lisey qoshida ramziy ma’nodagi “Adabiyot qahvaxonasi”ga asos solingan. Bu maskanda ijodiy kechalar, rus adabiyotining buyuk namoyandagilariga bag’ishlangan adabiyotxonlik tadbirlari tashkillashtirilib kelinadi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi