A+ A A-

“Bolajonlar qalbi quvonchga to’lsin”

“Bolajonlar qalbi quvonchga to’lsin”

1-iyun - Bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bolajonlar qalbi quvonchga to’lsin” deb nomlangan tadbir A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot kutubxona markazida bo’lib o’tdi. Tadbirning AKM kasaba uyushmasi qo’mitasi, boshlang’ich xotin-qizlar qo’mitasi xamkorligida tashkillashtirildi. Tadbirda AKM xodimlarining 50 nafar farzandlari ishtirok etib, “Baxtli bolalik” (asfaltga rasm chizish), “Koptokchani kim tez xaltaga soladi”, “Sevimli ertagim” (tez o’qish), Baxtli bolaligimni kuylayman (she’r aytish-raksga tushish) kabi tanlovlar bo’yicha o’zaro kuch sinashdi.

Shundan so’ng bolajonlarga kasaba uyushmasi qo’mitasi tomonidan tashkillashtirilgan issiq ovkat, ichimliklar va shirinliklar tortik qilishdi. Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilarga o’zbek, rus, inglis tillardagi ertak kitoblari sovg’a tariqasida takdim etildi.

Ilmiy uslubiyat bo’lim mudiri: Maxbuba Kulova 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi