Xar yili Mustaqil yurtimiz bo’ylab aprel oyida buyuk soxibqiron Amir Temur bobomizning tug’ilgan kunlarini inshonlash an’anaga aylanib qolgani xech kimga sir emas. Shu munosabat bilan 2017 yilning 6-aprel kuni axborot kutubxona markazi va Samarkand Davlat Universiteti xamkorligida “Buyuk Amir Temur” deb nomlangan ilmiy seminar uyushtirildi. Unda Samarkand viloyat xalq deputatlari kengashi deputati SamDU dosenti B.Ergashev, SamDU katta o’qituvchisi T.Maxmudov, SamDU o’qituvchisi X.Abriyev, AKM xodimlari, SamDU talabalari va faol kitobxonlar, jami 120 nafar ishtirokchi ishtirok etib mutaxassislar tomonidan buyuk ajdodimiz qoldirgan davlat boshkaruvi, xarbiy mudofaa, bogdorchilik-me’morchilik ishlari to’g’risida yig’ilganlarga batafsil ilmiy faktlar asosida ma’ro’zalari qilishdi. Shundan so’ng Axboro kutubxona markazi fondida mavjud A.Temurga bag’ishlangan adabiyotlarning elektron obzori namoyish qilindi. Ilmiy seminar so’ngida estalik uchun barcha qatnashuvchilar birgalikda rasmga tushdilar va kelgusida xamkorlikni yanada rivojlantirish to’g’risida kelishib olindi.

Uqilgan 2065
marta
Nashr qilingan
Yangiliklar
View the embedded image gallery online at:
http://www.libsamarkand.uz/uz/yangiliklar/214-nauchnyj-seminar-na-temu-velikij-amir-temur#sigProGalleriac095cd8a68
http://www.libsamarkand.uz/uz/yangiliklar/214-nauchnyj-seminar-na-temu-velikij-amir-temur#sigProGalleriac095cd8a68