A+ A A-

“Kitoblar olami”da taqdimot

“Kitoblar olami”da taqdimot

Samarqandning “Kitob olami” majmuasida yana bir ma’naviy tadbir uyushtirildi. Samarqand viloyat hokimligi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Samarqand viloyat bo’limi tashabbusi bilan uyushtirilgan tadbirda "Irodani tarbiyalash - komillikga eltadi" va "Jismoniy madaniyat atamalarining ruscha-uzbekcha lug’ati" kitoblarining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Toshkentddagi Mashhur-press nashriyotida chop etilgan Isroil Xayriyev muallifligidagi "Irodani tarbiyalash - komillikga eltadi" kitobi hamda xalq ta’limi muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish intituti professori X. Rofiyev muallifligidagi "Jismoniy madaniyat atamalarining ruscha-o’zbekcha lug’ati" kitoblari haqida Samarqand Davlat Chet tillar instituti dosenti E. Iskandarov, Samarqand Davlat Arxitektura va qurilish instituti dosenti U. Qosimovlar fikr – mulohoazalarini bildirdilar.

Ma’lumot o’rnida aytib o’tish lozim, 7000 ga yaqin so’z va atamalarni o’zida jamlagan "Jismoniy madaniyat atamalarining ruscha-o’zbekcha lug’ati" kitobi jismoniy tarbiya fani o’qituvchilari, xalq ta’limi muassasalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tinglovchilari uchun mo’ljallangan.

Tadbir davomida O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab – quvvatlash “Nuroniy” jag’armasi viloyat bo’limi raisi Normurodov H. N. so’zga chiqib O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalarga to’xtalib o’tdi.

Taqdimot marosimida oliy ta’lim muassasalari talabalari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Kutubxona haqida

Samarqand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarqand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015-2019 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi