A+ A A-

Bunyodkor yoshlar-2016

Bunyodkor yoshlar-2016

A.S.Pushkin nomidagi Samarqand shahar ARMda o’tkazilayotgan sohaga biriktirilgan kasb-hunar kollejlar o’qituvchilarini, aholini, tadbirkorlik subektlarining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga internetdan foydalanishni o’rgatish o’quv dasturi bo’yicha “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti III bosqich talabalari I. Suleymanov va F. Urazovalar ma’ruza qimoqdalar. Ma’ruzada 30 nafar tinglovchi ishtirok etishdi. Ma’ruza davomida tinglovchilar turli xil yangiliklar, qiziqarli faktlar va ma’lumotlarga ega bo’lishmoqdalar. O’z navbatida tinglovchilar ma’ruzachilarga turli xil qiziqarli savollar berishib, savollarga batafsil javob olishmoqda.

Darslar o’z vaqtida, belgilangan avditoriyada ma’ruza va amaliyot ko’rinishida olib borilmoqda.

Sohaga biriktirilgan kasb-hunar kollejlar o’qituvchilarini, aholini, tadbirkorlik subektlarining kompyuter savodxonligini oshirish, ularga internetdan foydalanishni o’rgatish o’quv dasturi bo’yicha “Bunyodkor yoshlar-2016” otryadining raxbari N.S.Saydirasulov ushbu dasturning umumiy mohiyati va ahamiyati haqida gapirib o’tdi.

Ma’ruza davomida A.S.Pushkin nomidagi Samarqand shahar ARM direktori Sh.B.Axmedova so’zga chiqib ma’ruzachilar va tinglovchilarga o’z minnatdorchiligini va o’quv dasturi davomida tinglovchilar o’zlariga kerakli bilimlami olishiga ishonch bildirdi.

Kutubxona haqida

Samarqand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarqand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015-2019 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi