A+ A A-

Seminar

Nashr qilingan Yangiliklar

Joriy yilning 22 iyun kuni A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida “O’zbekiston Respublikasi interaktik davlat xizmatlari portali (www.my.gov.uz) bilan tanishuv” mavzusida seminar uyushtirildi. AKM xodimlari, ishlab chiqarish amaliyotini o’tayotgan soha kasb-hunar kollejlari talabalari va faol kitobxonlardan iborat bo’lgan jami 70 nafarlik auditoriyani o’zida jamlagan seminar Elektron kutubxona sektori tomonidan tashkil etilgan bo’lib, mutaxassislar Ten V. hamda Xudoyqulov Sh.lar mazkur portalning afzalliklari va alohida jihatlari xususida ma’lumot berishdi. 

“Mehr bilan kitob hadya eting” aksiyasi doirasida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markaziga Geydar Aliyev nomidagi Ojarbayjon milliy madaniy markazi tomonidan Ozarbayjon davlati tarixi, adabiyoti, madaniyati, sayohlik sohasi va boshqa yo’nalishlar bo’yicha kitoblar hadya etildi.

AKM direktori Axmedova Sh.B. Geydar Aliyev nomidagi Ojarbayjon milliy madaniy markaziga minnatdorlik va chuqur hurmatini izhor etdi.

AKM tomonidan “Ozarbayjon burchagi” tashkil etiladi. Mazkur amal o’zbek va ozarbayjon xalqlari o’rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, AKMga tashrif buyuruvchi mehmonlar va sayohlarga Ozarbayjon madaniyati va an’analari to’g’risida ma’lumot berishga xizmat qilsa ajabmas. 

Pushkinxonlik kechasi

Nashr qilingan Yangiliklar

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi Samarqand rus milliy madaniy markazi hamda Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti qoshidagi 1-son akademik liseyi talabalari jamoasi hamkorligida an’anaviy Pushkinxonlik kechasi uyushtirildi. Pushkinxonlik kechasi bu buyuk adib ijodiy dunyosiga yana bir karra sho’ng’ish ramzidir. oqshom liboslari, chiroyli soch turmaklar i bilan yanada go’zallashgan qizlar, oq ko’ylak va qora kostyu shim kiygan haqiqiy jentelmen timsolidagi o’smir yigitlar, yangragan musiqa sadolari tadbir ishtirokchisi bo’lgan har bir kishini lahzada bo’lsada Pushkin yashagan davrga xayoliy sayohat qilishiga majbur etdi.

Yilning 6 iyun sanasini Pushkin tavallud topgan kun bilan birga, shuningdek, Xalqaro rus tili kuni sifatida ham nishonlaymiz – deydi SamISI qoshidagi 1-son akademik lisey o’qituvchisi Viktoriya Kuznesova. O’quvchilarni rus millatining madaniyati bilan yaqinroq tanishtirish maqsadida lisey qoshida ramziy ma’nodagi “Adabiyot qahvaxonasi”ga asos solingan. Bu maskanda ijodiy kechalar, rus adabiyotining buyuk namoyandagilariga bag’ishlangan adabiyotxonlik tadbirlari tashkillashtirilib kelinadi. 

Страница 1 из 3

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi