A+ A A-

Ko’p beriladigan savollar

1.Kutubxonaga necha yoshdan a’zo bo’lish mumkin?

14 yoshga to’lgan har bir fuqaro a’zo bo’lishi mumkin.

2.Yosh bolalar ham kutubxonaga a’zo bo’la oladimi?

Kutubxonaga 14-16 yoshdan boshlab, tug’ilganlik haqida guvoxnoma va ota-onasining pasporti asosida a’zo bo’lishlari mumkin.

3.Samarkand shahrida doimiy ro’yxatdan o’tmagan fuqarolar kutubxonaga a’zo bo’lishlari mumkinmi?

Mumkin, shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport) asosida a’zo bo’lishlari mumkin.

4.Chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxslar kutubxonaga a’zo bo’lishi mumkinmi?

Shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport, O’zbekiston Respublikasida yashash uchun guvoxnoma) asosida kutubxonaga a’zo bo’lishlari mumkin.

5.Qanday hujjatlar asosida kutubxonaga a’zo bo’lish mumkin?

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport yoki harbiy guvohnoma asosida a’zo bo’lish mumkin.A’zo bo’layotganda  yana o’rta maxsus o’quv muassasa o’quvchilari- o’quvchilik guvohnomasini, oliy o’quv yurti talabalari talabalik guvohnomasini taqdim etishlari maqsadga muvofiq.

6.Kutubxonaga a’zo bo’lish uchun necha so’m to’lanadi?

Kitobxon bileti narxi 3000 so’mni tashkil etadi.

7.Kitobxon bileti foydalanish muddati qancha?

Kitobxon bileti foydalanish muddati 1 yil.

8. Kitobxon biletini yo’qotsa kimga murojaat qilish mumkin?

Kitobxon biletini yo’qotgan taqdirda ro’yxatdan o’tish xizmatiga 1 qavatda murojaat etishingiz mumkin.

9.Kutubxonaga yosh bola bilan kirsa bo’ladimi?

Ha bo’ladi, lekin kutubxonadan foydalanish qoidasi bo’yicha barcha 14 yoshdan yuqori bo’lgan fuqarolarga pasport asosida xizmat ko’rsatiladi.

10.Bitta Kitobxon bileti bilan ikkita foydalanuvchi kirishi mumkinmi?

Yo’q. Samarkand viloyat axborot-kutubxonasi qoidasiga binoan bitta Kitobxon bileti bilan ikkita foydalanuvchi kirishi yoki boshqa shaxsga Kitobxon biletini berish qat’iyan ma’n etiladi.

11.Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo’lmasa bir marotabali Kitobxon bileti olish mumkinmi?

Yo’q, kutubxonada bir marotabali Kitobxon bileti ishlatilmaydi.

12.Kutubxona ish tartibi qanday?

Kutubxona foydalanuvchilariga quyidagi tartibda xizmat ko’rsatadi:

Dushanbadan - jumagacha: 9.00 dan 18.00 gacha; shanba: 9.00 dan 17.00 gacha.

Kutubxona davlat bayramlari kunlarida va sanitariya kunlarida (har oyning oxirgi juma kuni) ishlamaydi.

Istisno hollarda (davlat miqyosidagi tadbirlar o’tkazilishi munosabati bilan) Kutubxona ish tartibiga o’zgartirish kiritish mumkin. Bu to’g’risida foydalanuvchilarga kutubxonaning veb sayti orqali xabar beriladi.

13.Kutubxonani ekskursiya qilish qanday tartibda amalga oshiriladi?

Ekskursiyaga keluvchilar oldindan xat orqali murojaat etishlari kerak o’lkashunoslik sektoriga 2 qavatda

14.Qanday qilib kutubxona fondida aniq bir nashr bor yo’qligini bilish mumkin?

Ma’lumotnoma axborot xizmatlari ko’rsatish bo’limiga murojaat qilishingiz mumkin 2 qavatda;

Ma’lumot 1 qavatda yagona abonement zalida katalog va kartatekalar orqali o’zingiz qidirishingiz mumkin;

Elektron katalog orqali ham qidirib bilish mumkin.

15.Kutubxonadan kitobni uyga olib ketish mumkinmi?

Foydalanuvchilarga adabiyot faqat kutubxona zallarida foydalanish uchun beriladi.

16.Kutubxonada elektron nusxada kitoblar bormi?

Xozirgi vaqtda kutubxona fondida raqamlashtirish ishlari olib borilmoqda.

2 qavatda Elektron kutubxona zalida ruyxatdan o’tib www.dilib.uz saytidan foydalanish mumkin.

17.Qanday muddatga kitob buyurtma qilish mumkin?

Kitob buyurtma qilish kutubxona yopilishiga bir soat qolganda to’xtatiladi.

18.Qanday muddatda buyurtirilgan adabiyotni olish mumkin?

Buyurtirilgan adabiyotni 15-20 daqiqada olish mumkin.

19.Kutubxonada kitobni rasmga olsa bo’ladimi?

Yo’q. 2 qavatda Elektron kutubxonada skanerlash xizmatidan foydalanish mumkin.

20.Shaxsiy elektron hujjatni kutubxonada qog’ozga chiqarib olish mumkinmi?

Shaxsiy elektron hujjatni kutubxonaning media markazida (pullik xizmat asosida) qog’ozga chiqarib olishingiz mumkin.

21.Kutubxonada noutbukdan foydalanish mumkinmi?

Mumkin.

22.Internet xizmatidan qanday foydalansa bo’ladi?

Elektron kutubxona zalida 2 qavatda internet xizmatidan foydalansa bo’ladi

23.Kutubxonada internetga wi-fi orqali ulansa bo’ladimi?

Yuq. Internetga wi-fi orqali ulanib bo’lmaydi.

24.Kutubxonada oq qora va rangli hujjatlarni nusxasini ko’chirish, skanerlash mumkinmi?

Ha. (to’lov preyskurant asosida)

25.O’zbekistonda chiqadigan qonun, farmon, huquqiy hujjatlarni qachon va qayerda qidirsa bo’ladi?

Kutubxonaning 2 qavatda Elektron kutubxona zalida shaxsan o’zingiz kutubxonaga kelgan holda, yoki internetda Lex.uz sayti orqali qidirishingiz mumkin.

26.Kutubxonada qanday pullik xizmatlar mavjud?

Nusxa ko’chirish, skanerlash, fayllarni chop etish, ma’lum bir soha bo’yicha bibliografik ma’lumot yig’ish, bibliografik ro’yxat tuzish, elektron shakldan fleshkaga nusxa olish. (to’lov preyskurant asosida)

27. Samarkand viloyat A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi qayerda joylashgan?

Samarkand shahri, Universitet hiyoboni 21 uy, kutubxona indeksi 140129.

28.Kutubxonaning internet portali qanday?

www.libsamarkand.uz

29.Katalog bo’yicha qidirib topgan adabiyotimni qaysi joydan olaman?

Kutubxonaga a’zo bo’lganingizda yagona abonementda 1 qavatda, kitob oladigan ukuv zalingiz tushintiriladi.

30. Chet tildagi adabiyotlardan foydalansa bo’ladimi?

Ha, 3 qavatda chet tillar sektorida.  

31.Kutubxonada qaysi mavzulardagi adabiyotlardan foydalansa bo’ladi?

Kutubxona fondida universal adabiyotlar mavjud bo’lib,badiiy adabiyotlar, fan va texnikaga oid hamda barcha fan sohalari bo’yicha nashrlarni olib foydalansa bo’ladi.

32.Kutubxonada qanday nodir va noyob nashrlar mavjud?

XIX-XX asrlarda chop etilgan nashrlar. Bular qo’lyozmalar, sharq litografiyasi, Turkistonda birinchi chop etilgan jurnal va gazetalari, sharqshunoslar monografiyasi va ilmiy ishlari.

33.Kutubxona qaysi chet el mamlakatlari kutubxonalari bilan axborot aloqalarini o’rnatgan?

Samarkand viloyat A.S.Pushkin nomidagi axborot-kutubxona markazi Gyote institut, Rus milliy ma’daniyat markazi, Amerika Kushma Shtatlari elchixonasi va boshqa markazlar bilan faol ma’lumot almashadi.

34.Elektron katalog bo’yicha qidiruv qanday amalga oshiriladi?

Foydalanuvchi adabiyot qidiruvini avtor, kitob nomi, kalit so’zi orqali qidirishi mumkin.

35.Kutubxona foydalanuvchisi bo’lib elektron katalog va internetdan foydalana olmasa kimga murojaat etadi?

Foydalanuvchilarni elektron katalog bazasi bilan tanishtirish va o’rgatish kutubxona mutaxassislarining ish vazifasiga kiradi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi