A+ A A-

Foydalanish qoidalari

A.S. Pushkin nomidagi samarqand viloyati axborot - kutubxona markazidan foydalanish qoidalari

1. UMUMIY QOIDALAR

A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyati axborot-kutubxona markazi (AKM) demokratik, insonparvarlik, hammaboplik, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, fuqarolik shaxsning erkin kamol topish prinsiplari asosida faoliyat yuritadi.

AKM xizmatidan foydalanish bepul, ayrim xizmat turlari pullik xizmat ko’rsatish usulida, belgilangan tartibda, tegishli qonuniy hujjatlar asosida olib boriladi, unga haq to’lash miqdori Uzbekiston Respublikasi qonunniligi asosida belgilanadi.

2. AKMNING ASOSIY VAZIFALARI

Universal axborot-resurslarining, milliy va xorijiy bosma audivizual elektron nashrlar fondini shakllantirish, saqlash va ochib berish.

Foydalanuvchilarga boshqa AKM, ARM hamda kutubxonalarda, shu jumladan, xorijiy AKM, ARM hamda kutubxonalarda mavjud hujjatlar va boshqa hujjatlarni olish imkoniyatini yaratish.

3. FOYDALANUVCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

3.1 Qaysi mamlakat fuqarosi bo’lishidan, yoshidan, ijtimoiy kelib chiqishidan, qaysi tashkilot yoki muassasada ishlashidan qat’iy nazar doimiy yoki vaqtincha AKM xizmat ko’rsatayotgan xududda istiqomat qiluvchi har bir fuqaro AKMdan foydalanish huquqiga ega; bu AKMda axborot resurslarini to’la butlash, shuningdek, kutubxonalararo abonement orqali avtomatlashtirilgan shakldagi axborotni yetkazish, axborot-kutubxona xizmati ko’rsatishning boshqa shakllari bilan ta’minlanadi.

3.2 Foydalanuvchilar quyidagi xuquqlarga egadir:

AKM fondidanvaqtincha foydalanishuchunhar qanday hujjatni olish shuningdek, boshqa AKM va ARMlar kutubxonalar fondida nhujjatlarni elektron yo’l bilan uzatish tizimi orqali bosma va elektron xujjatlarga buyurtma berish va olish;

AKMning bibliografik, ma’lumot – axborot va boshqa xizmat turlaridan foydalanish;

AKM tomonidan o’tkaziladigan ommaviy axborot tadbirlarida qatnashish.

3.3 AKMga a’zo bo’lish uchun foydalanuvchilar pasport yoki uning o’rnini bosadigan hujjatni, zarur miqdordagi fotosuratlarni taqdim etadilar.

Boshqa shaharlik fuqarolar pasport yoki uningo’rnini bosadigan hujjatni taqdim etishasosida  vaqtinchalik kitobxon bilet oladilar.

Xorijiy fuqarolar o’z mamlakatining pasporta yoki belgilangan tartib darasmiylashtirilgan shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat asosida vaqtinchalik bilet beriladi.

Foydalanuvchilarga bir marta foydalanish uchun beriladigan hujjatlar soni AKM tomonidan yakka tartibda hisobga olinadi. Foydalanuvchilarga nodir hamda qimmatbaho nashrlar va hujjatlar, shuning dek, e’lon qilinmagan materiallar belgilangan tartibda beriladi.

AKMning foydalanuvchilariga asosiy xizmat ko’rsatish faqat Uquv zali orqali amalga oshiriladi.

Adabiyotlarni uyga berish faqat Abonement sektorida va nota nashrlari – Madaniyat va san’at sektorida amalga oshiriladi.

Foydalanuvchilar AKMdan olingan hujjatlar va boshqa materiallarni ehtiyot qilishlari shart.

Foydalanuvchi hujjatlar va materiallarni olishda ularni ko’zdan kechirishi va biron – bir nuqson aniqlangan taqdirda bu haqda AKM xodimiga ma’lum qilishi kerak.

AKM fondiga zarar yetkazgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq moddiy, jinoiy yoki boshqa javobgarlikka tortiladilar.

AKM fondidan olingan hujjatlar yoki materiallarniy o’qotgan va ular o’rnini to’ldirib bulmay digan darajada zarar yetkazgan fukarolar korxona, muassasava tashkilotlar AKM direktorii tomonidan belgilangan hujjat va materiallar yoki ularning nusxasi bilan almashtirish, almashtirish mumkin bo’lmagan holatda ular qiymatining 10 barobar miqdorida qoplashga majburdir. Bu miqdor yo’qotilgan yoki yaroqsiz holatga keltirilgan xujjatning qiymatidan kelib chiqib va amaldagi qonuniy hujjatlar asosidan AKM mutaxassislari yoki jalb etilgan mutaxassislar tomonidan belgilanadi.

AKMdan foydalanish qoidalari buzilganligi uchun foydalanuvchilar AKM ma’muriyati tomonidan belgilangan muddatga AKMdan foydalanish huquqidan mahrum etilish mumkin.

4. Foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish bo’yicha akm majburiyatlari

4.1 AKM quydagilarga majburdir:

foydalanuvchilarga AKM va uning tashqarisidagi barcha axborot resurslaridan foydalanish uchun imkoniyat yaratish;

foydalanuvchilarning so’rovlarini o’rganish va maksimal darajada qondirish;

kutubxonachilik, bibliografik, axborot – ma’lumotnoma xizmati ko’rsatishni takomillashtirish, shu maqsadda foydalanuvchilar bilan ishlashning yakka va guruhli usullaridan foydalanish;

foydalanuvchilarga yuksak madaniy va malakaviy xizmat ko’rsatishni ta’minlash, zarur hujjatlar va materiallarni qidirish hamda olishda zarur yordam ko’rsatish;

foydalanuvchilarning qiziqishlari va axborotga bo’lgan ehtiyojlarini o’rganish asosida ularga turli xil shakldagi axborot tashuvchilarni takdim etish bilan tabaqalashtirilgan axborot-kutubxona xizmati ko’rsatish;

zarur axborotni qidirish va undan foydalanish jara yonida mustaqillikni shakllantirish va mustaqil o’qish ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam berish.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi