A+ A A-

“Oqar suvning qo’shig’i” kitobining taqdimot marosimi

“Oqar suvning qo’shig’i” kitobining taqdimot marosimi

2018 yil 26 yanvar sanasida A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida muallif Galina Dolgoyning “Oqar suvning qo’shig’i” – “Песни бегущей воды” kitobining taqdimoti bo’lib o’tdi. Marosim davomida muallif romanning yaralishi, miflar va faktlar, asarda keltirilgan mish-mishlar, shuningdek, shaxsiy fikrlari bilan o’rtoqlashdi.

Ishtirokchilar muallifning dastxati bitilgan adabiyot nusxasini olishlari bilan birga, romanda keltirilganr fikr-mulohazalar xususida muallif bilan yaqindan suhbatlashdilar.


Ijod mahsuli haqida ikki og’iz gapiriladigan bo’lsa, “Oqar suvning qo’shig’i” romanida uchinchi asrda O’rta Osiyo hududida istiqomat qilganlar haqida so’z yuritilgan. Voqyealar rivoji asosan Janubiy Sug’d hududida joylashgan Nikshipayya tarixiy maskanida bo’lib o’tadi. Hozirda mazkur hudud Qarshi shahridan yetti kilometr uzoqlikda joylashgan Yerqo’rg’on shaharchasi hududi hisobanadi. Mazkur maskandan qo’lga kiritilgan arxeologik topilmalar muallifni ilhomlantiradi va romanda o’z aksini topadi. Ularning ko’magida taqdir yo’llari bir-biriga kesishgan qahramonlarning obrazlari yaratiladi, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan afsonalar qayta qvalamga olinadi.

Uchrashuv davomida yig’ilganlar Qarshining boy tarixi, shohlar hamda oddiy xalq hayoti, ajdodlarimizdan bizga qoldirilgan ko’plab sir-asrorlar haqida so’z yuritildi. 

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi