A+ A A-

Tadbirda Oʼzbekiston xalq artisti Temur Pardaev ijodi, oʼzi qiziqqan va oʼqigan asarlari haqida gapirdi. Oʼquvchi yoshlarga “Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogʼi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini” aytib oʼtdi va yoshlarni ham kitob oʼqishga undadi.
Oʼzbekiston xalq artistlari Raʼno Joʼraqulova va Zuhra Turgʼunboevalar ham oʼzlarining ijodlari va oʼzlari sevib mutolaa qilgan asarlari haqida toʼlqinlanib gapirib berdilar. Zuhra Turgʼunboeva oʼzlari yaxshi koʼrib ijro qilgan rollaridan monologlar aytib berdilar.
Kutubxona xodimlari va oʼquvchi yoshlar bilan qiziqarli savol- javoblar boʼlib oʼtdi.
“Huquqiy axborot-sektori” tomonidan А.Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” asariga tayyorlangan Book Trailer namoyish etildi.
Bundan tashqari talaba yoshlar oʼrtasida viktorina savol –javoblari oʼtkazildi. Talabalar viktorina savollariga juda yaxshi javob berdilar va faol qatnashganlar kutubxona tomonidan taqdirlandilar.
Tadbirda ishtirok etgan Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar va Soʼzangaron tibbiyot kolleji jamoasiga АKMi maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

2019 yil 26 sentabr kuni Samarqand viloyat Аxborot-kutubxona markazi klub rahbarlari Ismoilov Umidjon, Vohidova Nigoralar tomonidan Samarqand viloyat Paxtachi tumanida “Kitobxonlar klubi”ning targʼibot-tashviqot ishlari boʼlib oʼtdi. Ushbu targʼibot-tashviqot ishlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kopmpleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida”gi PQ-3271-son qarori boʼyicha tasdiqlangan kompleks chora-dasturining 14-bandida belgilangan axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil etish boʼyicha berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʼtkazildi. Unda ushbu tumanning 24-son umumtaʼlim maktabining oʼquvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbir soʼnggida ushbu maktabning 9-sinf oʼquvchisi 2018 yil “Yosh kitobxonlar” tanlovining respublika bosqichida birinchi oʼrinni olgan va Spark avtomashinasi gʼolibi Oʼroqova Mahliyo bilan suhbat boʼlib oʼtdi. Tadbir soʼnggida 12 nafar kitobxon ushbu klubga aʼzo boʼlishdi.

ЭЪЛОН! ҲУРМАТЛИ КИТОБХОНЛАР!

Nashr qilingan E'lonlar
Страница 1 из 9

Kutubxona haqida

Samarqand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarqand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра. 
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015-2019 A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi