A+ A A-

2018 yildagi muhim va unutilmas sanalar

Ushbu taqvimda asosan o‘lkashunoslik mazmunidagi ma’lumotlar kiritilgan bo‘lib, mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotiga oid unitilmas sanalar hamda davlat va jamoat arboblari, san’at va fan fidoyilarining tavallud sanalari berilgan.

Ushbu taqvim  keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

Yanvar

1 yanvar – Yangi yil bayrami. Yangi yilning birinchi kuni.

1 yanvar –  «XXI asr» ijtimoiy-siyosiy gazetasining ilk soni nashr etilgan kun (2004).

1 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Slovakiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

1 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Chexiya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

2 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Jahon metrologiya tashkilotiga (JMT)  a’zo bo‘lgan kun (1993).

2 yanvar  – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor  Sobir Mirvaliev (1933) tavalludining 85 yilligi.

5 yanvar – O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Shukur Tolipovich Tolipov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi.

7 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi hamda Turkmaniston bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

10 yanvar  – Ichki Qo‘shinlar tashkil topgan kun (1992).

10 yanvar – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi FA akademigi, muhandis gidrotexnik-miliorator olim  Najim Rahimovich Hamroev (1933-1979) tavalludining 85 yilligi.

10 yanvar – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda Habiba Xo‘jaevna Oxunova (1943-1994) tavalludining 75 yilligi.

11 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Tolib Musaevich Mo‘minov (1943) tavalludining 75 yilligi.

12 yanvar – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Jondor Tulenovich Tulenov (1928-2003) tavalludining 90 yilligi.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni (1993).

15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Buxoro viloyati tashkil etilganligining  (1938) 80 yilligi.

15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Toshkent viloyati tashkil etilganligining  (1938) 80 yilligi.

15 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida Farg‘ona viloyati tashkil etilganligining  (1938) 80 yilligi.

16 yanvar – Toshkent shahrida Xalqaro Vestminster universiteti tashkil topgan kun (2002).

18 yanvar – O‘zbekistonda  xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.

21 yanvar –   O‘zbekiston Respublikasi hamda Belorussiya Respubkasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

24 yanvar – Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil topgan kun (1992).

26 yanvar – Butunjahon Bojxonachilar kuni (1983).

27 yanvar – FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, akusher-ginekolog, meditsina fanlari doktori, professor O‘zbekiston Islom Zohidovich Zokirov (1928-2000) tavalludining 90 yilligi.

28 yanvar – “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniya tashkil topgan kun (1992).

29 yanvar – O‘zbekiston xalq hofizi, xonanda va bastakor Jo‘raxon Sultonov (1903-1965) tavalludining 115 yilligi.

30 yanvar – O‘zbekiston Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga qabul qilingan kun (1992).

30 yanvar – O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, davlat va siyosat arbobi Islom Abdug‘anievich Karimov (1938-2016)  tavalludining 80 yilligi.

30 yanvar – Zargarlar kasb bayrami.

Yanvar – “G‘uncha” boshlang‘ich sinf o‘quvchilari jurnali nashr qilinayotganligining (1958) 60 yilligi.

Fevral

5 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori professor  Komil Oqilovich Oqilov (1928) tavalludining 90 yilligi

6 fevral – Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1991).

9 fevral – Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) tavallud topgan kun.

10 fevral – O‘zbekiston xalq artisti, kompozitor Boris Isakovich Zeydman (1908-1981) tavalludining 110 yilligi.

10 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Husniddin  Sharipov (1933-1915) tavalludining 85 yilligi.

11 fevral – Aeroflot kuni (1979) (har yili fevral oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

13 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tashkil etilgan kun (2001).

14 fevral – O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) tavalludining 535 yilligi.

15 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

15 fevral – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori professor Tursun Abdurahimovich Azlarov (1938-2012) tavalludining 80 yilligi.

16 fevral – O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (XIHT) ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

16 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

17 fevral – Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi tashkil topgan kun (1863 y., Jeneva).

20 fevral – O‘zbekiston xalq hofizi Boltaboy Rajabov (1878-1960)   tavalludining 140 yilligi.                   

21 fevral – Xalqaro ona tili kuni (YuNESKO).

22 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Azim Suyun (1948) tavalludining 70 yilligi.

23 fevral – “O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo‘mitasi” tuzilgan kun (1991).

24 fevral – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, seleksiyachi olim Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898-1968) tavalludining 120 yilligi.

24 fevral – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro pochta ittifoqiga a’zo bo‘lgan kun (1994).

24 fevral – Toshkent shahrida M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitet filiali tashkil topgan kun (2006).

25 fevral – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinooperator Po‘lat Rasulov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi.

25 fevral – O‘zbekiston Respublikasi hamda Malta Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

26 fevral – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Iqtisodiy Aloqalar tashkiloti (XIA)ga a’zo bo‘lgan kun (1992).

Mart

1 mart – Butunjahon fuqarolar mudofaasi kuni.

1 mart – Giyohvandlik va giyohvand moddalar bilan savdo qilishga qarshi xalqaro kurash kuni.

1 mart – O‘zbekiston Respublikasida BMTning Bolalar jamg‘armasi – YuNISEF vakolatxonasi ochilgan kun.

2 mart – Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo bo‘lgan kun (1992).

2 mart – O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ta’sis etilgan kun (1992).

2 mart – O‘zbekiston tashkiloti “SIFAT” markazi kuni (1992).

2 mart – O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil topgan kun (2001)

4 mart – O‘zbekiston Ichki Ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari kuni (1999).

4 mart – O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun (1996).

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami.

8 mart – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster va pedagog Qunduz Mirkarimova (1928) tavalludining 90 yilligi.

10 mart – O‘zbekiston FA akademigi, turkiyshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Jaloliddin Azimovich Azimov (1938) tavalludining 80 yilligi.

10 mart – O‘zbekiston FA akademigi, zoolog Ergash Ismoilovich Fozilov (1933-2014) tavalludining 85 yilligi.

14 mart –"O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi" faxriy unvoni ta’sis etilgan kun (1987).

14 mart – O‘zbekiston Respublikasi Faxriylar tashkilotlari uyushmasi tuzilgan kun (1987).

15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni.

15 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Hasan G‘ofurovich Rasulov (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.

17 mart – Butunjahon Dengiz kuni.

17 mart – “O‘zbekkino” Milliy agentligi tashkil etilgan kun (2004).

18 mart – O‘zbekiston futbol kuni.

18 mart – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim, tarix fanlari doktori, professor Zuhriddin Rasulovich Nuriddinov  (1918-1988) tavalludining 100 yilligi.

21 mart – Navro‘z bayrami. Umumxalq bayrami kuni (1992).

21 mart – Xalqaro qo‘g‘irchoqbozlar kuni (2002).

21 mart – Xalqaro irqiy kamsitishlarni bartaraf etish uchun kurashish kuni.

22 mart – Butunjahon suv kuni (1992).

23 mart – Butunjahon metrologiya kuni (1950).

23 mart – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, geolog va geomorfolog olim Yuriy Aleksandrovich Skvorsov (1898-1968) tavalludining 120 yilligi.

24 mart – Butunjahon sil kasalligiga qarshi kurash kuni.

24 mart – O‘zbekiston Respublikasining chegara qo‘shinlari tashkil etilgan kun (1992)

24 mart – Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil topgan kun (2014).

27 mart – Xalqaro teatr kuni (1961).

28 mart – Toshkent shahridagi G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining filiali tashkil etilgan kun (2001).

30 mart – Xalqaro yerni muhofaza qilish kuni.

Aprel

1 aprel – Xalqaro kulgi kuni.

1 aprel – Butunjahon qushlar kuni.

1 aprel – Geologlar kuni (har yili aprel oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

2 aprel – Xalqaro bolalar kitobi kuni.

5 aprel – O‘zbekiston  Respublikasi yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun (1993).

7 aprel – Butunjahon salomatlik kuni (1948).

7 aprel –  Toshkent Islom universiteti tashkil topgan kun (1999).

9 aprel – Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Temur (1336-1405) tavallud topgan kun.

9 aprel – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va Davlat Gerbi tasdiqlangan kun (1993).

12 aprel – Butunjahon aviatsiya va kosmonavtika kuni (1962).

13 aprel – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Lola Abdullaeva (1918) tavalludining 100 yilligi.

15 aprel – Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 140 yilligi.

15 aprel – Ilm-fan kuni (har yili aprel oyining uchinchi  yakshanbasida nishonlanadi).

17 aprel – Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari kuni.

18 aprel – Xalqaro yodgorliklarni va tarixiy joylarni  asrash kuni.

19 aprel – O‘zbek xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Alimov 1918-1993)  tavalludining 100 yilligi.

22 aprel – Xalqaro yer sayyorasi kuni (BMTda 1990 yil e’lon qilingan).

23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqlarini himoya qilish kuni (YuNESKOning 28-konferensiyasida 1995 yilda e’lon qilingan).

24 aprel – Yoshlarning xalqaro birdamlik kuni (1957).

26 aprel – O‘zbekiston xalq shoiri, Jamol Kamol (Jamolov Kamol 1938)  tavalludining 80 yilligi.

26 aprel – Amir Temur ordeni ta’sis etilgan kun (1996).

26 aprel – Xalqaro intellektual mulk kuni.

27 aprel – Toshkentda Turin politexnika universiteti tashkil topgan kun (2009).

28 aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni (2003).

29 aprel – Xalqaro raqs kuni.

30 aprel – O‘zbekiston Respublikasi hamda  Braziliya Federativ Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

30 aprel – O‘zbekiston Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

May

1  may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi-arxeolog olim Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov (1908-1977) tavalludining 110 yilligi.

1 may – Chirchiq shahar Mahalliy tarix muzeyi tashkil etilgan kun (1959).

2 may – Butunjahon matbuot erkinligi kuni (1934).

3 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi, provizor olim, farmasevtika fanlari doktori, professor Hamid Xolmatovich Xolmatov (1923) tavalludining 95 yilligi.

5 may – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni va “Oltin yulduz” medali, “Mustaqillik”, “Do‘stlik” ordenlari hamda “Jasorat”, “Shuhrat” medallari ta’sis etilgan kun (1994).

5 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor  Matyoqub Qo‘shjonov (1918-2005) tavalludining 100 yilligi.

5 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, teatr rassomi Shonazir Shorahimov (1908-1968) tavalludining 110 yilligi.

5 may – O‘zbekiston FA akademigi, tilshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Shonazar Shoabdurahmonov (1923-2011) tavalludining 95 yilligi.

7 may – Radio kuni (1895).

7 may – “Sog‘lom avlod uchun” ordeni ta’sis etilgan kun (O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 may Qonuni bilan tasdiqlangan).

8 may – Butunjahon Qizil Xoch tashkilotiga asos solingan kuni (1953).

9 may – Xotira va Qadrlash kuni – umumxalq bayrami (1999).

9 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarixchi olim Habib Tursunovich Tursunov (1913-1987) tavalludining105 yilligi.

10 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kardiolog, tibbiyot fanlari doktori, professor  Karim Yo‘ldoshevich Yo‘ldoshev (1933-1999) tavalludining 85 yilligi.

10 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston xalq shoiri, yozuvchi G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi.

12 may – Xalqaro hamshiralar kuni.

12 may – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor  Tojiboy Bo‘riev (1938) tavalludining 80 yilligi.

15 may – Butunjahon oila kuni (1994).

17 may – Xalqaro elektraloqa kuni (1969).

18 may – Xalqaro muzeylar kuni (1977).

19 may – Toshkentda Xalqaro Islom tadqiqot markazi ochilgan kun (1995).

19 may – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor  Nazar Yo‘ldoshevich To‘raev (1938) tavalludining 80 yilligi.

20 may – O‘zbekiston Respublikasi tog‘-metalurgiya sanoati xodimlari kuni  (har yili may oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi) (2001).

20 may – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Sarvar Olimjonovich Azimov (1923-1994) tavalludining 95 yilligi.

21 may – Xalqaro metrologiya kuni (YuNESKO qarori bilan har yili shu kun nishonlanadi).

21 may –  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, pediatr olim, tibbiyot fanlari doktori, professor  Konstantin Gerasimovich Titov (1898-1970) tavalludining 120 yilligi.

22 may – Xalqaro biologik rang-baranglik kuni.

25 may – O‘zbekiston Respublikasi hamda Urugvay o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998).

26 may – O‘zbekiston xalq artisti, changchi, bastakor Baxtiyor Toshkenboevich Aliev (1938) tavalludining 80 yilligi.

27 may – Kimyogarlar kuni (1956) (har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 may – O‘zbekistonda o‘lka patologiyasi asoschilaridan biri, jarroh va parazitolog Pyotr Fokich Borovskiy (1863-1932) tavalludining 155 yilligi.

31 may – Butunjahon tamaki chekishga qarshi kurash kuni.

31 may – O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105 yilligi.

Iyun

1 iyun – Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni.

3 iyun – Melioratorlar kuni (har yili iyun oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

3 iyun – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105 yilligi.

5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish  kuni.

10 iyun – Yengil sanoat xodimlari kuni (har yili iyun oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

10 iyun – Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1999).

14 iyun – Butunjahon donorlar kuni.

15 iyun – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tarix fanlari doktori, professor Hamid Ziyoev (1923) tavalludining 95 yilligi.

16 iyun – Tibbiyot xodimlari kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

17 iyun – O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, onkolog-radiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor  Narimon Qodirovich Murodxo‘jaev (1928) tavalludining 90 yilligi.

17 iyun – Olimpiya yugurish kuni (har yili iyun oyining uchinchi yakshanbasida o‘tkaziladi).

17 iyun – Butunjahon Sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuni.

19 iyun – Butunjahon bolalar futboli kuni.

19 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Iroq Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

20 iyun – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1990).

20 iyun – Butunjahon qochoqlar kuni.

21 iyun –  O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, jarroh olim, tibbiyot fanlari doktori, professor  Shavkat Ibrohimovich Karimov (1943) tavalludining 75 yilligi.

22 iyun – Tarixchi olim Mirxond Muhammad ibn Xovandshoh (1433-1498) tavalludining 585 yilligi.

23 iyun – Xalqaro Olimpiada kuni.

24 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993)

24 iyun – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gvineya Ekvator Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).  

24 iyun – Savdo, matbuot, kooperatsiyasi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish xodimlari kuni (har yili iyun oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).                       

26 iyun – Butunjahon giyohvandlikka qarshi kurash kuni.

27 iyun – O‘zbekiston matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni (1993 yil 24 iyun O‘zbekiston Respublikasi farmoni).

30 iyun – Ixtirochilar va ratsianalizatorlar kuni (har yili iyun oyining oxirgi shanbasida nishonlanadi).

30 iyun – Bibliograf, kitobshunos, tarixchi va sharqshunos olim Yevgeniy Karlovich Betger (1887-1956) tavallud topgan kun.

Iyul

1 iyul – O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – so‘m muomalaga kiritilgan kun (1994).

1 iyul – Dengiz va daryo floti xodimlari kuni (1976).

1 iyul – Butunjahon me’morlar kuni (1985).

2 iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi  tasdiqlangan kun (1992).

4 iyul – O‘zbekiston FA akademigi,O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor  Hojiev Jovvat (1938) tavalludining 80 yilligi.

5 iyul – Yo‘l jamg‘armasi tashkil etilgan kun. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 5 iyuldagi qaroriga asosan)

7 iyul – Xalqaro kooperatsiya kuni (1994) (har yili  iyul oyining birinchi  shanbasida nishonlanadi).

8 iyul – Xalqaro baliqchilar kuni (har yili  iyul oyining ikkinchi  yakshanbasida nishonlanadi).

8 iyul – O‘zbekiston FA akademigi, ximik olim, texnika fanlari doktori, professor  Boris Mixaylovich Beglov (1938) tavalludining 80 yilligi.

10 iyul – O‘zbekiston Respublikasi xalqaro elektraloqa Ittifoqi (XEI)ga to‘laqonli  a’zo bo‘lgan kun (1992).

10 iyul – O‘zbekiston FA akademisi muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf olim Xaydar Po‘latov (1928-1993) tavalludining 90 yilligi.

10 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos, filologiya fanlari doktori Mahmudali Yunusovich Yunusov (1918-1985) tavalludining 100  yilligi.

11 iyul – Butunjahon xalqlari kuni (1989).

12 iyul – Ma’rifatparvar, jurnalist, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy (1878-1934)  tavalludining 140 yilligi.

13 iyul – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro Mehnat tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

14 iyul – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, patofiziolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Nusrat Hamidovich Abdullaev (1933) tavalludining 85 yilligi.

15 iyul – Fan va madaniyat xalqaro jamg‘armasi tashkil etilgan kun (1996).

15 iyul – O‘zbekiston xalq rassomi Vladimir Pavlovich Stolyarov (1918-1971) tavalludining 100 yilligi.

15 iyul – O‘zbekiston xalq artisti, teatr aktyori Lutfulla Nazrullaev (1903-1962) tavalludining 115 yilligi.

20 iyul – Butunjahon shaxmat kuni.

20 iyul – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, folklorshunos olim Malik Murodov (1933-2001) tavalludining 85 yilligi.

20-21 iyul – “Imom al-Buxoriy kuni”.

25 iyul – Yozuvchi va jurnalist O‘ktam Usmonov (1938-1990) tavalludining 80 yilligi.

27 iyul – O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dirijor Abdug‘ani Abdumalikovich Abduqayumov (1928-2002) tavalludining 90 yilligi.

Avgust

2 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyogar olim, kimyo fanlari doktori, professor  Rashidova Sayyora Sharafovna (1943) tavalludining 75 yilligi.

4 avgust – Mahallalar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 avgust – Temir yo‘lchilar kuni (1936) (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

5 avgust – Shoir va tarjimon Abdulla Sher (Sherov Abdulla 1943) tavalludining 75 yilligi.

6 avgust – Butunjahon yadro qurollarini taqiqlash uchun kurashish kuni (1946). Xirosima fojeasi kuni.

9 avgust – Xalqaro jahon tub xalqlari kuni.

11 avgust – Fizkulturachilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi shanbasida nishonlanadi).

11 (24) avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, fizik olim Sulton Umarovich Umarov (1908-1964) tavalludining 110 yilligi.

12 avgust – O‘zbekiston xalq rassomi, kulol Muhiddin Karimovich Rahimov (1903-1985) tavalludining 115 yilligi.

12 avgust – Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

12 avgust – O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati tashkil topgan kun.

13 avgust – O‘zbekiston xalq artisti, bastakor, sozanda Muhammadjon Mirzaev (1913-1999) tavalludining 105 yilligi.

14 avgust – O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster Yelizaveta Artyomovna Petrosova (Lizaxonim 1913-1997) tavalludining 105 yilligi.

16 avgust – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, ginekolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Natalya Trofimovna Raevskaya (1903) tavalludining 115 yilligi.

18 avgust – O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, zootexnik olim Shavkat Asomovich Akmalxonov (1933) tavalludining 85 yilligi.

19 avgust – O‘zbekiston Respublikasining havo floti kuni (1995) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

19 avgust – “O‘zbekiston-Vatanim manim” qo‘shiq bayrami kuni (1996) (har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

20 avgust – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori professor Begmamat Eshkuvvatov (1938) tavalludining 80 yilligi

22 avgust – Buxoro neftni qayta ishlash zavodi ishga tushirilgan kun (1997).

25 avgust – O‘zbekiston xalq hofizi, kompozitor, sozanda Fattohxon Mamadaliev (1923-1999) tavalludining 95 yilligi.

26 avgust – Shaxtyorlar kuni (har yili avgust oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

27 avgust – Xalqaro Talabalar Ittifoqiga asos solingan kun.

27 avgust – Kino kuni (1979).

28 avgust – “El-yurt hurmati” ordeni va “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni  ta’sis etilgan kun (1998).

30 avgust – “Shon-sharaf” ordeni ta’sis etilgan kun (1995).

30 avgust – “Jaloliddin Manguberdi” ordeni ta’sis etilgan kun (2000).

31 avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni (2001).

Sentabr

1 sentabr – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni (1991).

1 sentabr – O‘zbekiston xalqaro bloklarga qo‘shmaslik harakatiga a’zo bo‘lgan kun (1992).

1 sentabr – Samarqand qo‘g‘irchoq teatri tashkil topganligining 40 yilligi (1978).

1 sentabr – Toshkentda Olimpiya shon-shuhrat muzeyi tashkil topgan kun.

2 sentabr – Neft va gaz sanoati ishchilari kuni (har yili sentabr oyining birinchi yakshanbasida nishonlanadi).

2 sentabr – Yangi 2018-2019 o‘quv yilining boshlanish kuni – Bilimlar kuni.

4 sentabr – Buyuk o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1045 yilligi.

7 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filosof olim, falsafa fanlari doktori professor Ibrohim Mo‘minovich Mo‘minov (1908-1974) tavalludining 110 yilligi.

8 sentabr – Jurnalistlarning Xalqaro birdamlik kuni (1958).

9 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Argentina Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

9 sentabr – Butunjahon husn-latofat va go‘zallik kuni.

10 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, matematik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor  Mirzayusuf Mirzamaxmudovich Musaxanov (1943) tavalludining 75 yilligi.

10 sentabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi Rahmat Fayziy (1918-1988) tavalludining 100 yilligi.

11 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, etnograf, tilshunos,  eronshunos olim Mixail Stepanovich Andreev (1873-1948) tavalludining 145 yilligi.

13 sentabr – Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofoti ta’sis etilgan kun (1989).

13 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyogar olim, texnika fanlari doktori, professor Fuat Husainovich Tojiev  (1913-2001) tavalludining 105 yilligi.

14 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ortoped-travmatolog, tibbiyot fanlari doktori, professor Odil Sharipovich Shokirov (1908-1986) tavalludining 110 yilligi.

16 sentabr – Bahouddin Naqshband kuni (1993).

16 sentabr – Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni (1995).

16 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika  arbobi, tarixchi, sharqshunos olim Aleksandr Aleksandrovich Semyonov (1873-1958) tavalludining 145 yilligi

17 sentabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan zootexnik, seleksioner olim Petr Filipovich Kiyatkin (1898-1979) tavalludining 120 yilligi.

18 sentabr – O‘zbekiston Xalqaro Geologiya Ittifoqiga (XGI) a’zo bo‘lgan kun (1993).

21 sentabr – Xalqaro tinchlik kuni.

22(23) sentabr – Kuzgi teng-kunlik “Mehrjon” bayrami kuni (Mehrgoh).

22 sentabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, opera xonandasi Vyacheslav Aleksandrovich Grinchenko (1938-1998) tavalludining 80 yilligi.

22 sentabr – O‘zbekiston FA akademigi, agronom-iqtisodchi, iqtisod fanlari doktori, professor Aleksandr Sergeevich samutali (1928-2005) tavalludining 90 yilligi

23 sentabr – O‘zbekiston FA muxbir a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, zoolog, fitogelmintolog olim, biologiya fanlari doktori, professor Ahror To‘laganovich To‘laganov (1908-1990) tavalludining 110 yilligi.

24 sentabr – Adabiyotshunos olim, pedagog, filologiya fanlari doktori, professor O‘tkir Shokirov (1938) tavalludining 80 yilligi.

25 sentabr – O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati tashkil etilgan kun (1991).

27 sentabr – Butunjahon turizm kuni.

27 sentabr – O‘zbekiston xalq shoiri, tarjimon Rauf Parfi (Tursunali Parfiev, 1943-2005) tavalludining 75 yilligi.

30 sentabr – Mashinasozlar kuni. (Har yili sentabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

Oktabr

1 oktabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni (1996).

1 oktabr – Xalqaro musiqa kuni (1980).

1 oktabr – Xalqaro qariyalar kuni (1992).

1 oktabr – Xalqaro shifokorlar kuni (1984). (Har yili oktabr oyining birinchi dushanbasida nishonlanadi).

1 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi, agrokimyogar, tuproqshunos olim, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Jo‘raqul Sattarovich Sattarov (1938) tavalludining 80 yilligi.

2 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, qurilish sohasidagi olim, texnika fanlari doktori, professor Abbos Boboevich Ashrabov (1913) tavalludining 105 yilligi.

4 oktabr – Butunjahon hayvonlarni himoya qilish kuni.

6 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, san’tshunos  Abdulxay Rashidovich Umarov (1928-2002) tavalludining 90 yilligi.

8 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tuproqshunos olim Sergey Nikolaevich Rыjov (1903-1981) tavalludining 115 yilligi.

9 oktabr – Butunjahon pochta kuni (1874).

10 oktabr – O‘zbekiston xalq hofizi Alijon Erkaev (1933) tavalludining 85 yilligi.

11 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Marokash Qirolligi  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

12 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kibernetik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor Boris Anisimovich Bondarenko (1923-2017) tavalludining 95 yilligi. 

13 oktabr – Xalqaro ofatni kamaytirish kuni.

14 oktabr – Xalqaro standartlashtirish kuni (1946).

14 oktabr – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili oktabr oyining ikkinchi  yakshanbasida nishonlanadi).

15 oktabr – O‘zbekiston xalqaro Moliya koorperatsiyasiga a’zo bo‘lgan kun.

15 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, biokimyogar olim Mark Arnoldovich Rish (1918) tavalludining 100 yilligi.

15 oktabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi, iqtisodchi olim Saidkarim Ziyodullaev (1913-2003) tavalludining 105 yilligi.

15 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, yozuvchi, tarjimon Mirzakalon Ismoiliy (1908-1986) tavalludining 110 yilligi.

16 oktabr – Butunjahon allergik kasalliklarga qarshi kurash kuni.

17 oktabr – Xalqaro kambag‘alchilikni bartaraf etish uchun kurashish kuni (1995)                         

18 oktabr – Samarqand shahri kuni (1996).

20 oktabr – Xiva kuni.

20 oktabr – Butunjahon osteoparozga qarshi kurashish kuni (1999)

21 oktabr – Oziq-ovqat sanoati xodimlari kuni (har yili oktabr oyining uchinchi yakshanbasida nishonlanadi).

21 oktabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan kun (1989).

22 oktabr – Estrada san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etilgan kun (2001).

22 oktabr – Xalqaro maktab kutubxonalari kuni (har yili oktabr oyining to‘rtinchi dushanbasida nishonlanadi).

22 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Livan Respublikasi bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 20 yilligi (1998).    

23 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi YuNESKOga a’zo bo‘lgan kun (1993).

24 oktabr – Xalqaro BMT kuni (1947).

25 oktabr – Xalqaro tinchlik uchun xotin-qizlar kurashishi kuni.

25 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar xodimlari kuni.

25 oktabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 110 yilligi.

25 oktabr – O‘zbekiston xalq artisti, xonanda va aktyor Matyoqub Rahimovich Rahimov  (1918-1993) tavalludining 100 yilligi.

25 oktabr –   O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, adabiyotshunos olim Pirimqul Qodirov (1928-2010) tavalludining 90 yilligi.

28 oktabr – Avtomobil transporti xodimlari kuni (har yili oktabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

28 oktabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Gana Respublikasi  bilan o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).                              

31 oktabr – Toshkentda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy markazi tuzilgan kun (1996).

Noyabr

1 noyabr  – O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP) tashkil topgan kun (1991).

1 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,  parazitolog-gelmintolog olim  Erkin Hamidovich Ergasheva (1933-2004) tavalludining 85 yilligi.

4 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasi tashkil etilganligining (1943) 75 yilligi.

4 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi  Fanlar Akademiyasining tarix instituti tashkil etilganligining (1943) 75 yilligi.

5 noyabr – Toshkent televideniyasining doimiy tajriba-sinov ko‘rsatuvlari namoyishi boshlangan kun (1956).

5 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,  geolog olim Aleksandr Sergeevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining 130 yilligi.

7 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti Obid Tolipov (1918-1994) tavalludining 100 yilligi.

7 noyabr – Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy (Kamoliddin Abdurazzoq ibn Jaloliddin Is’hoq Samarqandiy 1413-1482) tavalludining 605 yilligi.

8 noyabr – Tashqi Ishlar vazirligi huzuridagi tashqi siyosiy va xalqaro munosabatlarga oid xabarlarni tarqatuvchi “Jahon axborot agentligi” tashkil etilgan kun (1994).

8 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, jarroh olim Mixail Petrovich Postolov (1913-1990) tavalludining 105 yilligi.

10 noyabr – Butunjahon Yoshlar kuni (1945).

11 noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi).

11 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, psixolog olim Muhammad Gabdulgalimovich Davletshin (1923-2011), tavalludining  95 yilligi.

 12 noyabr – Butunjahon sifat kuni (1989).

12 noyabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olim Orif Hakimovich Rasulov (1908-1975) tavalludining 110 yilligi.

13 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim, falsafa fanlari doktori, professor  Jumanazar Bozorboev  (1933) tavalludining 85 yilligi.  

14 noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni.

15 noyabr – “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik” partiyasi ta’sis etilgan kun (2003).

15 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Obid Sodiqovich Sodiqov (1913-1987) tavalludining 105 yilligi.

16 noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni.

16 noyabr – YuNESKOning Nizomi tasdiqlangan kun (London, 1945 y.)

17 noyabr – Xalqaro talabalar kuni (1946).

18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasdiqlangan kun (1991).

18 noyabr – O‘zbekiston xalq artisti, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, kinorejissyor Melis Oripovich Abzalov (1938-2016) tavalludining 80 yilligi.

19 noyabr – O‘zbekiston Qurolli kuchlari artilerriyasi kuni.

20 noyabr – Bola huquqlari Deklaratsiyasi qabul qilingan kun (1959).

21 noyabr – Butunjahon televideniya kuni (1996).

21 noyabr – Butunjahon salomatlik uchun kurashish kuni (1913).

21 noyabr – Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi tashkil topgan kun (1995).

23 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi hamda Albaniya Respublikasi o‘rtasida o‘zaro diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi (1993).

23 noyabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, matematik olim, fizika-matematematika fanlari doktori, professor  Mahmud Salhitdinovich Salohitdinov (1933) tavalludining  85 yilligi.

26 noyabr – Paxta bayrami (har yili noyabr oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadi).

Dekabr

1 dekabr – Butunjahon orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS) kasalligiga qarshi kurash kuni.

1 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim Hosil Nurmatovich Boymuhamedov  (1918-1990) tavalludining 100 yilligi.

3 dekabr – Xalqaro nogironlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kuni (1993).

3 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir, jurnalist Sulton Akbariy (Akbarov Sulton, 1923-1997) tavalludining 95 yilligi.

4 dekabr – O‘zbekiston Faxriylari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlab himoyalash “Nuroniy” jamg‘armasi tashkil topgan kun (1996).

4 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Madhiyasi tasdiqlangan kun (1993).

5  dekabr – Xalqaro ko‘ngillilar kuni.

5 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, bioximik-genetik olim Jo‘ra Azimboevich Musaev (1928-2014) tavalludining 90 yilligi.

7  dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-2003) tavalludining 105 yilligi.

8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi  qabul  qilingan  kun (1992).

9 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, faylasuf olim Mubindjona Baratovich Baratov (1933-2005),  tavalludining 85 yilligi.

10 dekabr – Inson haq-huquqlari kuni (1948).

10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi qabul qilingan kun (1992).

10 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, nevropatolog olim Nabi Madjidovich Madjidov (1928-2010) tavalludining 90 yilligi.

11 dekabr – YuNISEF-BMT Bolalar fondi tashkil topgan kun (1946).

11 dekabr –  “Toshkent haqiqati”  gazetasi chiqa boshlanganining 90 yilligi (1928) .

12 dekabr – O‘zbekiston va Tojikistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tojik adabiyotshunos olimi Abdulg‘ani Muhammadovich Mirzoev (1908-1985) tavalludining 110 yilligi.

12 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,  biokimyogar-genetik olim Ahmad Pochchaevich Ibrohimov (1928-2008) tavalludining  90 yilligi. 

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining suverenligi e’lon qilingan kun (1990).

14 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat Bayrog‘i tasdiqlangan kun (1992).

16 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi FIFAga a’zo bo‘lgan kun (1992).

16 dekabr –  O‘zbekiston xalq artisti, aktrisa Erkli Vohidovna Malikboeva (1928) tavalludining 90 yilligi.

18 dekabr – Xalqaro migrantlar kuni (1990)

18 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, tilshunos olim Azim Xodjiev (1933-2012) tavalludining 85 yilligi.

20 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, mikrobiolog olim, tibbiyot fanlari doktori, professor Chorjua Abdirovich Abdirov (1933-1997) tavalludining 85 yilligi.

20 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, terapevt olim Nozima Abdullaevna Dehqonxo‘jaeva (1928) tavalludining 90 yilligi.

21 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligi (MDH 1991) tashkilotiga a’zo bo‘lgan kun.

22 dekabr – Energetika  xodimlari kuni.

22 dekabr –  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi,  faylasuf olim Rustam Xakimovich Abdushukurov (1908-1981) tavalludining 110  yilligi. 

23 dekabr – O‘zbekiston xalq artisti, rejissyor va aktyor Najimatdin Ansatbaev (1943) tavalludining 75 yilligi.

24 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, texnika sohasidagi olim Oqil Umurzoqovich Salimov (1928-2014) tavalludining 90 yilligi.

24 dekabr  – O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan san’at arbobi, O‘zbekiston xalq shoiri,  dramaturg Turob To‘la (To‘la Xodjaev, 1918-1990) tavalludining 100 yilligi.

25  dekabr – Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani tashkil etilganining  (1968) 50 yilligi.

25 dekabr – Qoraqalpog‘iston Respublikasining  Nukus tumani tashkil etilganining  (1968) 50 yilligi.

28  dekabr – Jizzax viloyati tashkil etilganligining  (1973) 45 yilligi.

29 dekabr – Respublika Davlat Mustaqilligi masalasi bo‘yicha umumxalq Referendumi hamda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tgan va unda Islom Karimov Prezident etib saylangan kun (1991).

29 dekabr  – O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi, arxeolog va sharqshunos olim Vasiliy Afanasevich Shishkin (1893-1966) tavalludining 125 yilligi.

29 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, naqqosh, yog‘och o‘ymakor Tohir To‘xtaxo‘jaev (1918-1976) tavalludining 100 yilligi.

30 dekabr – O‘zbekiston FA akademigi, sharqshunos olim Sabohat Azimjonovna Azimjanov (1923-2001) tavalludining 95 yilligi.

30 dekabr – O‘zbekiston xalq rassomi, rangtasvir ustasi Abdulhaq   Oqsoqolovich  Abdullaev (1918-2001) tavalludining 100 yilligi.

31 dekabr – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ifeksionist, tibbiyot sohasidagi olim  Hasana Ahmadjanovna Yunusova (1918) tavalludining 100 yilligi.

2018 yilda nishonlanadigan sanalar 

O‘rta osiyolik  buyuk matematik, astronom, geograf, qomusiy olim Abu Ja’far Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) tavalludining 1235 yilligi.

Fors-tojik shoiri Abu Abdulla Ja’far Rudakiy (858-941) tavalludining 1160 yilligi.

Ulug‘ mutafakkir va qomusiy olim Abu Nasir Farobiy (873-950) tavalludining 1145 yilligi.

Ulug‘ o‘zbek mutafakkir olimi Abu Rayhon  Muhammad ibn Ahmad Beruniy (973-1048) tavalludining 1045 yilligi.

Matematik, astronom, faylasuf, hakim va mutafakkir shoir Umar Xayyom (1048-1131) tavalludining 970 yilligi.

Tasavvuf tariqatining asoschisi Abduxoliq  G‘ijduvoniy (1103-1179) tavalludining 915 yilligi.

Xorazmshohlar davlatining so‘ngi hukumdori, mohir sarkarda Jaloliddin Manguberdi  (1198-1231) tavalludining 820 yilligi.

Naqshbandiya tariqatining asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) tavalludining 700 yilligi.

Falakiyotshunos va riyoziyotchi olim Ali Qushchi (Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi  Samarqandiy 1403-1474) tavalludining 615 yilligi.

Mashhur sayyoh, elchi va tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy (1413-1482) tavalludining 605 yilligi.

Tarixchi olim Mirxond Muhammad ibn Xovandshoh (1433-1498) tavalludining 585 yilligi.

O‘zbek mumtoz adabiyotining namoyandalaridan. Xuroson hukumdori va shoir Husayn Boyqaro (1438-1506) tavalludining 580 yilligi.

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi, mohir sarkarda Mirzo Bobur (1483-1530) tavalludining 530 yilligi.

Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Sulaymon Fuzuliy (1498-1566) tavalludining 515 yilligi.

Turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli  (1733-1791) tavalludining 280 yilligi.

Shoir, tarixnavis, tarjimon, xattot Munis Xorazmiy  (1778-1829) tavalludining 235 yilligi.

O‘zbek shoiri Zavqiy (Ubaydullo Solih o‘g‘li 1853-1921) tavalludining 160 yilligi.

O‘zbek shoiri Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat (1858-1909) tavalludining 155 yilligi.

O‘zbek dostonchisi Saidmurod Panoh o‘g‘li (1858-1945) tavalludining 155 yilligi.

O‘zbek xalq shoiri, dostonchi Ergash Jumanbulbul  o‘g‘li (1868-1937) tavalludining 145 yilligi.

Siyosat va ma’rifat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931) tavalludining 135 yilligi.

Yozuvchi, olim, jamoat arbobi Sadriddin Ayniy (1878-1954) tavalludining 135 yilligi.

O‘zbekiston FA akademigi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, geolog olim Aleksandr Sergeevich Uklonskiy (1888-1972) tavalludining 130 yilligi.

O‘zbek kino san’atining asoschisi, ilk o‘zbek kino aktyori, kinorejissyor Sulaymon Xo‘jaev (1893-1937) tavalludining 125 yilligi.

Shoir, yozuvchi, dramaturg, tarjimon, tanqidchi va jamoat arbobi Cho‘lpon (Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Yunusov 1898-1938) tavalludining 120 yilligi.

O‘zbekiston xalq shoiri G‘afur G‘ulom (1903-1966) tavalludining 115 yilligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, shoir, dramaturg, pedagog Maqsud Shayxzoda (1908-1967) tavalludining 110 yilligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi, kimyogar olim Malik Nabievich Nabiev (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, huquqshunos olima Xadicha Sulaymonova (1913-1965) tavalludining 105 yilligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, faylasuf, olim Rasulov Hasan G‘ofurovich (1913-1992) tavalludining 105 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti, raqqosa, baletmeyster, o‘zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi Mukarram Turg‘unboeva (1913-1978) tavalludining 105 yilligi.

O‘zbekiston xalq artisti, opera xonandasi Halima Nosirova (1913-2003) tavalludining 105 yilligi.

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi