Joriy yilning 2-oktabr kunidan boshlab А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat АKM ilmiy uslubiyat boʼlimi qoshida “Аxborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” Respublika koʼrik tanlovi ishtirokchilari oʼrtasida 10 kunlik amaliy mashgʼulot oʼz ishini boshladi. АKM mutaxassislar tomonidan tanlov ishtirokchilariga tanlovning III (respublika) bosqich tanlov mezonlari “Jamoa taqdimoti”, “Ishtirokchilarning kasbiy mahorati”, “Testlarni yechish”, “Kitobsevar yoshlar-mamlakat kelajagi” mavzulari boʼyicha amaliy mashgʼulot koʼrsatishmoqda.