
Администратор
http://www.libsamarkand.uz/ru/novosti/author/151-%D0%B0%D0%B4%D0%BC%D0%B8%D0%BD%D0%B8%D1%81%D1%82%D1%80%D0%B0%D1%82%D0%BE%D1%80#sigProGalleriae2d0100ec4
Toyloq tuman hokimining yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantiriish va ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari J. Haqberdiev boshchiligida Toyloq tumanidagi Birlik, Bog’i chinor, Qo’shchinor va Uray elipak mahallalaridan ekskursiyaga tashrif buyurishdi. AKM direktori SH. B. Axmedova kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida aytib o’tdilar. Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo’lim boshlig’i T. Tugalov ham barchani kitob o’qishga va bu yerda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishga da’vat etdilar. Ijodkor yoshlarga uyushma tomonidan kitoblar sovg’a qildilar.
Joriy yilning 2-oktabr kunidan boshlab А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat АKM ilmiy uslubiyat boʼlimi qoshida “Аxborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” Respublika koʼrik tanlovi ishtirokchilari oʼrtasida 10 kunlik amaliy mashgʼulot oʼz ishini boshladi. АKM mutaxassislar tomonidan tanlov ishtirokchilariga tanlovning III (respublika) bosqich tanlov mezonlari “Jamoa taqdimoti”, “Ishtirokchilarning kasbiy mahorati”, “Testlarni yechish”, “Kitobsevar yoshlar-mamlakat kelajagi” mavzulari boʼyicha amaliy mashgʼulot koʼrsatishmoqda.
А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Umumiy oʼquv zalida “Sevimli kitobimdan parchalar” deb nomlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi.
Tadbirda Oʼzbekiston xalq artisti Temur Pardaev ijodi, oʼzi qiziqqan va oʼqigan asarlari haqida gapirdi. Oʼquvchi yoshlarga “Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogʼi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini” aytib oʼtdi va yoshlarni ham kitob oʼqishga undadi.
Oʼzbekiston xalq artistlari Raʼno Joʼraqulova va Zuhra Turgʼunboevalar ham oʼzlarining ijodlari va oʼzlari sevib mutolaa qilgan asarlari haqida toʼlqinlanib gapirib berdilar. Zuhra Turgʼunboeva oʼzlari yaxshi koʼrib ijro qilgan rollaridan monologlar aytib berdilar.
Kutubxona xodimlari va oʼquvchi yoshlar bilan qiziqarli savol- javoblar boʼlib oʼtdi.
“Huquqiy axborot-sektori” tomonidan А.Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” asariga tayyorlangan Book Trailer namoyish etildi.
Bundan tashqari talaba yoshlar oʼrtasida viktorina savol –javoblari oʼtkazildi. Talabalar viktorina savollariga juda yaxshi javob berdilar va faol qatnashganlar kutubxona tomonidan taqdirlandilar.
Tadbirda ishtirok etgan Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar va Soʼzangaron tibbiyot kolleji jamoasiga АKMi maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.