A+ A A-

А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Umumiy oʼquv zalida “Sevimli kitobimdan parchalar” deb nomlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi.

А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazining Umumiy oʼquv zalida “Sevimli kitobimdan parchalar” deb nomlangan davra suhbati boʼlib oʼtdi.

Tadbirda Oʼzbekiston xalq artisti Temur Pardaev ijodi, oʼzi qiziqqan va oʼqigan asarlari haqida gapirdi. Oʼquvchi yoshlarga “Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogʼi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini” aytib oʼtdi va yoshlarni ham kitob oʼqishga undadi.
Oʼzbekiston xalq artistlari Raʼno Joʼraqulova va Zuhra Turgʼunboevalar ham oʼzlarining ijodlari va oʼzlari sevib mutolaa qilgan asarlari haqida toʼlqinlanib gapirib berdilar. Zuhra Turgʼunboeva oʼzlari yaxshi koʼrib ijro qilgan rollaridan monologlar aytib berdilar.
Kutubxona xodimlari va oʼquvchi yoshlar bilan qiziqarli savol- javoblar boʼlib oʼtdi.
“Huquqiy axborot-sektori” tomonidan А.Qodiriyning “Oʼtkan kunlar” asariga tayyorlangan Book Trailer namoyish etildi.
Bundan tashqari talaba yoshlar oʼrtasida viktorina savol –javoblari oʼtkazildi. Talabalar viktorina savollariga juda yaxshi javob berdilar va faol qatnashganlar kutubxona tomonidan taqdirlandilar.
Tadbirda ishtirok etgan Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artistlar va Soʼzangaron tibbiyot kolleji jamoasiga АKMi maʼmuriyati tomonidan tashakkurnomalar berildi.

О библиотеке

Самаркандская областная библиотека была открыта в декабре 1911 года. Одним из организаторов библиотеки стал известный краевед и археолог В. Л. Вяткин. Подробнее...

Режим работы

Библиотека работает по будням с 09:00 до 18:00, в субботу с 09:00 до 17:00. Воскресенье — выходной.
Последняя пятница каждого месяца — санитарный день.

Контакты

140129, г. Самарканд, Университетский бульвар, 21

Тел.: (8366) 2398360, 2398163

Факс: 2398163

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  

Web: www.libsamarkand.uz 

Copyright © 2015-2019 Самаркандский областной информационно-библиотечный центр им. А.С.Пушкина