A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot kutubxona markazida 11-aprel kuni “Ma’naviyat xonasi”da “KaDaTa dasturiga bibliografik yozuv kiritish” mavzusida slayd takdimoti o’tkazildi. Unda jami 22 nafar xodimlar ishtirok etishdi. Takdimotni Ilmiy uslubiyat bo’lim mudiri M.Kulova kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng bugungi kunda KaDaTa dasturi bo’yicha olib borgan ishlar to’g’risida umumiy ma’lumot AKM xujjatlarni tizimlash va kataloglashtirish bo’limi bosh kutubxonachisi D.Sharapova tomonidan o’qib eshitildi. Tadbirning asosiy mavzusi “KaDaTa dasturiga bibliografik yozuv kiritish” slayd takdimoti AKM xujjatlarni tizimlash va kataloglashtirish bo’limi kutubxonachisi Z. Nuriddinova, Rakamlashtirish sektori bosh kutubxonachisi K.Laptevlar tomonidan o’tkazildi. Takdimot so’ngida mavzuga doir Seminar viloyat ARM xodimlari o’rtasida xam tashkillashtirish rejasi kelishib olindi.
M.Kulova