A+ A A-

Проведение праздника «Здравствуй Навруз» совместно с детским садом №34

Проведение праздника «Здравствуй Навруз» совместно с детским садом №34

Tadbirni Samarqand shahar xalq ta’limi muassasaslari faoliyaini metodik ta’minlash va qo’llab – quvvatlash boshqarmasi tasarrufidagi 34-son maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Muxammadiyeva Sh. X.. ochib berdi va yig’ilganlarni kirib kelayotgan yangilanish va yasharish ayyomi Navro’zi olam bilan tabrikladi.

Shundan so’ng bayram kechasining badiiy qismi boshlandi. MTMning “Rayhon” katta guruhi va “Boychechak” o’rta guruhi tarbiyalanuvchilari bahor fasli, onajonlarga va Navro’z bayramiga bag’ishlangan she’rlarini aytib berishdi. Muassasaning pedagog xodimlari tomonidan sahnalashtirilgan dastur namoiysh etildi. Tarbiyachilar jarchi bola, Ajuz kampir, Quyosh bobo, Bahor oy, dehqon bobo qiyofalariga kirib bolajonlar bilan birgalikda namoyishlarni yig’ilganlar hukmiga havola etishdi. Qadimiy an’analarimizdan bo’lgan xo’roz urishtirish, arqon tortish, sumalak yeyish kabi bellashuvlarda bolajonlar bilan birga onajonlar ham qatnashishdi.

Bolajonlarning o’zbek, rus, ingliz tillarida she’rlarni aytishi, raqsga tushishlari onajonlarni behad mamnun etdi.

Yil boshida 34-son MTM ma’muriyati tomonidan “Shajara daraxtini yasash” tanlovi e’lon qilingan edi. Tadbir davomida tanlov yakunlari e’lon qilinib, barcha ishtirokchilarga esdalik sovg’alari berildi.

Tadbir yakunida A. S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari Axborot – bibliografiya bo’limi mudiri U. Najmiyeva, axborot-o’lkashunoslik sektori yetakchi kutubxonachisi Z. Djunaidovalar so’zga chiqishdi, yig’ilganlarni bayram bilan tabriklab, o’sib kelayotgan yosh avlodni Vatan kelajagi uchun munosib qilib tarbiyalash yo’lidagi zahmatli mehnatlariga ulkan zafarlar tilab qolishdi. 2017/2018 o’quv yilida maktabga borishi belgilangan bir guruh bolajonlarga AKM xodimlari tomonidan kitoblar taqdim etildi. 

О библиотеке

Самаркандская областная библиотека была открыта в декабре 1911 года. Одним из организаторов библиотеки стал известный краевед и археолог В. Л. Вяткин. Подробнее...

Режим работы

Библиотека работает по будням с 09:00 до 18:00, в субботу с 09:00 до 17:00. Воскресенье — выходной.
Последняя пятница каждого месяца — санитарный день.

Контакты

140129, г. Самарканд, Университетский бульвар, 21

Тел.: (8366) 2398360, 2398163

Факс: 2398163

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  

Web: www.libsamarkand.uz 

Copyright © 2015 Самаркандский областной информационно-библиотечный центр им. А.С.Пушкина