A+ A A-

“Великий поэт великого народа” (217 лет со дня рождения А.С. Пушкина)

“Великий поэт великого народа” (217 лет со дня рождения А.С. Пушкина)

Buyuk rus shoiri A.S.Pushkin nomi bilan yurtimizning barcha viloyat, tumanlarida joylashgan juda ko’p madaniy ma’rifiy markazlar nomlangan bo’lib, bu ikki buyuk xalqning o’zaro xamdo’stligi ramzi ekanligi xech kimga sir emas.

Bugungi kunda A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot kutubxona markazi ham 1936 yilga qadar Samarkand shahar ilmiy ommabop kutubxona nomi bilan faoliyat yuritar edi. Biroq, O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan betakror shoir Pushkin o’limining 100 yiligi munosabati bilan ushbu dargoh 1937 yildan A.S.Pushkin nomidagi Davlat kutubxonasi nomini oldi va bugungi kungacha ushbu ulug’ nom bilan faoliyat ko’rsatib kelmoqda.

Mustaqillikka erishganimizdan so’ng iyun oyi “Pushkinxonlik oyi” sanalib joylarda turli tuman anjuman, tadbirlar o’tkazilib kelinishi an’ana tusiga kirib qolgan.

Xuddi shunday tadbir “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakati Samarkand viloyat bo’limi, AKM ilmiy uslubiyat bo’limi, Rus madaniyat markazi Samarkand bo’limi, SOS bolalar maxallasi Samarkand viloyati filiali, SamDU rus fakulteti xamkorligida Viloyat AKM faollar zalida “Pushkin poeziyasi kuni” deb nomlangan badiiy, adabiy musikali kecha bo’lib o’tdi. Unda shoirning hayot ijodi va sermazmun faoliyati to’g’risida rus madaniyati markazi raisi N.Ognev, “Kamolot” yoih Samarkand viloyat bo’limi raisi M.Usmonov, SamDU rus fakulteti kafedra R.Nazaryan, AKM direktori Sh.Axmedovalar ma’ro’zalar qilishdi. So’ng 37 umumta’lim maktabi o’quvchilari, SOS bolalar maxallasi bolalari, A.Abdurasulov nomidagi davlat san’at talabalari faol ishtirok etib Pushkin ijodidan she’rlar, poemalar va ariyalar aytishdi. AKM nashriyotida nashr etilgan “Buyuk inson va shoir” nomli multimedia “Pushkin poeziyasi sexri” nomli kitob ko’rgazmalari taqdimoti markaz mutaxassislari tomonidan uyushtirildi. Tadbirda maxalliy va Respublika OAV vakillari xam ishtirok etishdi. Tadbir so’ngida A.S.Pushkinning rus madaniyati taqdiridagi roli benihoyat buyukligi, u yangi rus adabiyotiga asos solish bilan birga rus adabiy tilining shakllanishiga ulkan hissa qo’shganligi va rus adabiyotida realizm va xalqchillik tamoyillarining, qator she’riy janrlarning shakllanishi va taraqqiyoti uning ya’ni Pushkin nomi bilan chambarchas bog’liqligi yana bir bor eslatib o’tildi. Barcha ishtirokchilar va tashkilotchilarga “Kamolot” Samarkand viloyat bo’limining estalik sovg’alari va faxriy yorliqlari taqdim etildi.

Ilmiy uslubiyat bo’lim mudiri: Maxbuba Kulova

О библиотеке

Самаркандская областная библиотека была открыта в декабре 1911 года. Одним из организаторов библиотеки стал известный краевед и археолог В. Л. Вяткин. Подробнее...

Режим работы

Библиотека работает по будням с 09:00 до 18:00, в субботу с 09:00 до 17:00. Воскресенье — выходной.
Последняя пятница каждого месяца — санитарный день.

Контакты

140129, г. Самарканд, Университетский бульвар, 21

Тел.: (8366) 2398360, 2398163

Факс: 2398163

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  

Web: www.libsamarkand.uz 

Copyright © 2015 Самаркандский областной информационно-библиотечный центр им. А.С.Пушкина