A+ A A-
Joriy yilning 2-oktabr kunidan boshlab А.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat АKM ilmiy uslubiyat boʼlimi qoshida “Аxborot kutubxona muassasasining eng yaxshi mutaxassisi” Respublika koʼrik tanlovi ishtirokchilari oʼrtasida 10 kunlik amaliy mashgʼulot oʼz ishini boshladi. АKM mutaxassislar tomonidan tanlov ishtirokchilariga tanlovning III (respublika) bosqich tanlov mezonlari “Jamoa taqdimoti”, “Ishtirokchilarning kasbiy mahorati”, “Testlarni yechish”, “Kitobsevar yoshlar-mamlakat kelajagi” mavzulari boʼyicha amaliy mashgʼulot koʼrsatishmoqda.
Подробнее ...
Tadbirda Oʼzbekiston xalq artisti Temur Pardaev ijodi, oʼzi qiziqqan va oʼqigan asarlari haqida gapirdi. Oʼquvchi yoshlarga “Kitob – insonning eng yaqin doʼsti va maslahatchisi, aql qayrogʼi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʼlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʼtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʼqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketganligini” aytib oʼtdi va yoshlarni ham kitob oʼqishga undadi. Oʼzbekiston xalq artistlari Raʼno Joʼraqulova va Zuhra Turgʼunboevalar ham oʼzlarining ijodlari va oʼzlari sevib mutolaa qilgan asarlari haqida toʼlqinlanib gapirib berdilar. Zuhra Turgʼunboeva oʼzlari yaxshi koʼrib ijro qilgan rollaridan monologlar aytib berdilar.…
Подробнее ...
2019 yil 26 sentabr kuni Samarqand viloyat Аxborot-kutubxona markazi klub rahbarlari Ismoilov Umidjon, Vohidova Nigoralar tomonidan Samarqand viloyat Paxtachi tumanida “Kitobxonlar klubi”ning targʼibot-tashviqot ishlari boʼlib oʼtdi. Ushbu targʼibot-tashviqot ishlari Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʼib qilish boʼyicha kopmpleks chora-tadbirlar dasturi toʼgʼrisida”gi PQ-3271-son qarori boʼyicha tasdiqlangan kompleks chora-dasturining 14-bandida belgilangan axborot-kutubxona muassasalarida “Kitobxonlar klubi”ni tashkil etish boʼyicha berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʼtkazildi. Unda ushbu tumanning 24-son umumtaʼlim maktabining oʼquvchilari faol ishtirok etishdi. Tadbir soʼnggida ushbu maktabning 9-sinf oʼquvchisi 2018 yil “Yosh kitobxonlar” tanlovining…
Подробнее ...
А.С. Пушкин номидаги Самарқанд вилоят ахборот-кутубхона маркази фойдаланувчиларга хизмат кўрсатиш бўлими ҳамкор ташкилотлар билан ўтказилган табдирни ахборот-кутубхона директори Ш.Б.Ахмедова кириш сўзи билан очиб берди. Шундан сўнг сўз навбати Самарқанд Давлат Университети тарих факультетининг 2 курс магистири , 2 сонли умумий ўрта таълим мактабининг тарих фани ўқитувчиси Шохрух Ахматовга берилди. У киши “Беруний ва замон” деб номланган ўз маърузасида Беруний ёзиб қолдирган 150 га яқин асарлари билан астрономия, география, математика, геодезия, геология, арифметика, табобат, фармакогнозия , тарих, филология ва бошқа фанларнинг ривожига ноёб ҳисса қўша олганлигини, Берунийнинг бетакрор ижоди унинг ватани Ўзбекистонда алоҳида эътибор қозонганлигини айтиб ўтди.Сўз навбати “Сўзангарон” тиббиёт коллежи…
Подробнее ...

О библиотеке

Самаркандская областная библиотека была открыта в декабре 1911 года. Одним из организаторов библиотеки стал известный краевед и археолог В. Л. Вяткин. Подробнее...

Режим работы

Библиотека работает по будням с 09:00 до 18:00, в субботу с 09:00 до 17:00. Воскресенье — выходной.
Последняя пятница каждого месяца — санитарный день.

Контакты

140129, г. Самарканд, Университетский бульвар, 21

Тел.: (8366) 2398360, 2398163

Факс: 2398163

E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  

Web: www.libsamarkand.uz 

Copyright © 2015-2019 Самаркандский областной информационно-библиотечный центр им. А.С.Пушкина