A+ A A-

Amir temur loyihasi

Nashr qilingan Loyihalarimiz

«Amir Temur» multimedia dasturi, buyuk sarkarda va hukmdor haqidlagi to’la ma’lumotni soddalashtirilgan va qiziqarli tarzda yetkazish maqsadida ishlab chiqarilgan, zero uning faoliyati va qahramonliklari XIV asr oxiri XV asr boshida katta iz qoldirgan. Mazkur axborot, eng zamonaviy dasturiy ta’minot yordamida ishlab chiqilgan.

Amir Temurga tegishli yuksak so’zlar mavjudki, ularga ko’ra: «Vijdon, adolat, tafakkur, siyosatda, qurol kuchiga ko’ra o’n marotaba foydalidir». Zamonaviy tilda bu, munozarali masalalar siyosiy dialog va preventiv diplomatiya orqali yechilishi lozimligini bildiradi. Yuksak strateg, yetuk siyosatchi, mustahkam reformator sifatida, Amir temur, savdo, hunarmandchilik, fan va madaniyatni o’z himoyasi ostiga olgan holda, belgilangan qonuniyatlar va an’analarga asoslangan davlat yarata oldi.

Bularning barchasi, buyuk sarkarda va hukmdor Amir temur haqidagi barcha axborotni o’zida mujassam etgan multimedia dasturini yaratishga turtki bo’ldi. Interfeys do’stonaligi va qo’llash qulayligi, foydalanuvchi e’tiborini tortadigan ijobiy tomonlardir.

Multimedia dasturi rus va o’zbek tillarida yaratilib, ikki qismdan iborat ikki diskda nashr etilgan.

Birinchi multimedia dasturida,

o’zbek tilida 96 ta kitob,

rus tilida 82 kitob

arab va fransuz tillarida 10 kitob

5 ta audikitob

4 videoni o’z ichiga olgan.

Dastur hajmi 8,1 Gb.

Dastur loyihasi sanasi: 20.04.2018.

Tuzuvchilar:

Ravshan Amirov - A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot - kutubxona markazi direktor o’rinbosari.

Raxim Kayumov – SamDU muzey - laboratoriyasi ilmiy xodimi.

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot - kutubxona markazi.

Alisher Navoiy nomidagi SamDU ilmiy - amaliy muzey laboratoriyasi.

Milliy umumta’lim elektron kutubxonasi dasturi, Janubiy Koreya Respublikasi hamkorlik va iqtisodiy rivojlanish fondi moliyaviy hamkorligida 2013 17 dekabr kungi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Milliy elektron umumta’lim kutubxonasi LG CNS kompaniyasiga berilgan. Hozirgi kunda LG CNS kompaniyasi tomonidan zarur uskunalarni olib kelish va o’rnatish bo’yicha birlamchi ishlar amalga oshirilmoqda.

Loyiha asosiy maqsadi – axborot va kutubxona tizimining keyingi rivojlanishi, aholi uchun sifatli axborot va kutubxona xizmatlarini ko’rsatish.

Loyixa doirasida O’zbekiston milliy kutubxonasi tomonidan Janubiy Koreya mutaxassislari bilan hamkorlikda mazkur loyihani tadbiq etish bo’yicha keng ko’lamli ishlar amalga oshirilgan.

Germaniyada kutubxona xodimlari uchun yozgi maktabda qatnashish

Nashr qilingan Yangiliklar

Shtutgart shahridagi ommaviy axborot vositalari oliy maktabi va Gyote instituti hamkorlikda, yosh mutaxasislar bo’lg’usi kutubxona rahbarlari uchun xalqaro yozgi maktabni tashkil etishdi. Yozgi maktab 2018 yilning 23-28 iyul kunlari Shtutgart ommaviy axborot vositalari oliy maktabida o’tkazildi.

A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyati axborot - kutubxona markazi nomidan, mazkur anjumanda direktor o’rinbosari Amirov Ravshan ishtirok etdi.

Yozgi maktab mavzusi: «Ijtimoiy aktiv, innovasion barcha uchun qulay: kelajak kutubxonalari 2030 yilgacha Birlashgan Millatlar Tashkiloti dasturini amalga oshirish uchun o’z hissalarini qo’shmoqdalar».

Yozgi maktab mashg’ulotlari ingliz tilida o’tkazildi.

Yozgi maktab mashg’ulotlari doirasida zamonaviy fuqarolik jamiyati sharoitida qanday kutubxonalar o’z ishlarini to’liq amalga oshirishlari mumkin, kabi muhim masalalar muhokama etildi. Mashg’ulotlarning to’rt moduli kutubxonalarni lobbilashtirish, ta’lim resurslarini ochish (OER), kutubxonalar qayta tashkillashtirilishi va ochiq ma’lumotlar kabi mavzularni qamrab oldi. Yozgi maktab mashg’ulotlarida sharqiy Yevropa, markaziy Osiyo, yaqin sharq va shimoliy Afrikadan 30 ta kutubxona mutaxassislari ishtirok etishdi.

Страница 4 из 4

Kutubxona haqida

Samarkand viloyat kutubxonasi dekabr 1911 yilda ochilgan edi. Kutubxona tashkilotchilaridan biri mashhur etnograf va arxeolog VL Vyatkin bo'ldi. Batafsil ...

Ish tartibi

Kutubxona 09:00 dan 18:00 gacha, shanba 09:00 dan 17:00 gacha ochiq. Yakshanba - dam olish kuni.
Har oyning oxirgi juma - sanitariya kuni.

Bog‘lanish

140129, Samarkand sh, Universitet hiyoboni, 21
Tel.: (8366) 2398360, 2398163
Faks: 2398163
E-mail: Этот адрес электронной почты защищен от спам-ботов. У вас должен быть включен JavaScript для просмотра.  
Web: http://libsamarkand.uz

Copyright © 2015 A.S.Pushkin nomidagi Samarkand viloyat axborot-kutubxona markazi