“Hur qizlar yoxud Tonglar sokin edi bu yerda”, “Ro’yxatlarda yo’q edi nomi” Boris Vasilyev qalamiga tegishli bu asarlar endi o’zbek tilida. Atoqli rus yozuvchisi Boris Vasilyev o’zining II jahon urushiga bag’ishlangan asarlari bilan mashhurlikka erishgan. Chunonchi, uning “Hur qizlar” qissasi navnihol qizlarning urushda qahramonlik ko’rsatganligi haqida hikoya qiladi. “Ro’yxatlarda yo’q edi nomi” romanida esa vatan uchun o’z jonini fido qilgan jasur, mard, o’g’lonlar siymosi yorqin voqealar misolida ifodalangan. O’qib, o’rganing. Zero, shonli tarix buyuk kelajak poydevoridir.